
Karting boʻyicha ayollar oʻrtasidagi shou-tadbirga marhamat!
2024-yil 6-mart kuni Namangan davlat texnika universiteti Transport fakultetida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan katta shou-tadbir boʻlib oʻtadi.

Shou-tadbir davomida avtosport boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Oʻzbekiston chempioni Yasmina Egamberdiyeva ishtirokida master-klass va professor-oʻqituvchi ayollar hamda talaba-qizlar oʻrtasida KARTING musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Tadbir davomida xotin-qizlar tajribali murabbiylar koʻmagida karting minish sirlarini oʻrganadi va buni amalda sinab koʻradi. Musobaqa gʻolib va sovrindorlarini esdalik sovgʻalari kutmoqda.
Sizlarni ushbu shou-tadbirda kutib qolamiz!
Author

