Namangan davlat texnika universiteti jamoasi «Yashil makon» marafonida ishtirok etdi
Namangan davlat texnika universiteti jamoasi Jizzax shahrida start berilgan «Ziyolilar bog‘i»ni tashkil etish uchun bahorgi ko‘chat ekish marafonida ishtirok etdi.
Dastlab universitet sport majmuasi yaqinidagi hududga o‘rnatilgan monitor orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, oliy o‘quv yurtlari rektorlari va vakillari ishtirokidagi tadbir onlayn kuzatib borildi.
Shundan so‘ng prorektorlar, dekanlar, professor-o‘qituvchilar, tyutor va talabalar hududga ko‘chat ekishga kirishdi. Buning uchun barcha sharoitlar — maxsus kiyim, asbob-anjom va ko‘chatlar tayyor qilib qo‘yilgan edi.
Jamoa tomonidan ushbu tadbir davomida universitet hududiga yuzlab pavloniya, bodom va gul ko‘chatlari ekildi.
Author

