Preloader
Namangan davlat texnika universitetining 1000 oʻrinli talabalar turar-joyi qurilishi yakuniga yetmoqda

Namangan davlat texnika universitetining 1000 oʻrinli talabalar turar-joyi qurilishi yakuniga yetmoqda

Viloyat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Abdulahad Gʻaffarov Namangan davlat texnika universitetining Islom Karimov koʻchasida barpo etilayotgan talabalar turar-joyi qurilishi bilan tanishdi.

Boshqarma boshligʻiga universitet rektori v.v.b Muhammadjon Dadamirzayev, oliy oʻquv yurti masʼullari va qurilish mutasaddilari hamrohlik qildi.

2025-03-04 23.28.25
Mazkur TTJ binosi 12 qavatdan iborat boʻlib, 1000 oʻringa moʻljallangan. Hozirgi kunda inshootning tom qismini bitkazish va boʻyoq-pardoz ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari yangi oʻquv yiliga qadar yakunlanishi koʻzda tutilgan.

Tanishuv davomida qurilish ishlarini jadallashtirish, shu bilan birga, sifat masalasiga alohida eʼtibor qaratish, hududni koʻkalamzorlashtirish va sport bilan shugʻullanish uchun imkoniyatlar yaratish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Share:
Admin Admin
Author

Admin Admin