O‘quv - uslubiy boshqarma

Bekmirzayev Mirzoxid Adashaliyevich
Lavozimi: Boshqarma boshlig‘i
Ilmiy darajasi: Iqtisodiyotfanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 ga qadar
Telefon: +998 91 292 75 55
E-mail: mirzo1979@umail.uz
O‘quv-uslubiy boshqarmaning vazifalari:
- oliy ta’lim tashkilotida ta’lim dasturlarini amaldagi kasbiy standartlar, “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar”, “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” (keying o‘rinlarda - DTS deb yuritiladi) va ta’lim dasturlari (malaka talabi, o‘quv reja, o‘quv dasturlari, sillabuslar) hamda boshqa me’yoriy-uslubiy hujjatlar asosida amalga oshirishni tashkil etish va boshqarish;
- universitetda o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish, o‘quv jarayoni jadvalini shakllantirish, ta’lim jarayonini tashkil etish, fakultet, kafedra, bo‘lim va markazlaming ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va idoraviy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
- universitet o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish hamda nazorat qilish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng jalb qilish;
- yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishda zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan, zamonaviy o‘qitish usullarini tatbiq etish;
- o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy hujjatlar tayyorlanishida kasbiy standartlar, oliy ta’limning DTS va malaka talablariga rioya etish;
- nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga, amaliy va kasbiy ko‘nikmalar hamda ta’limni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish va tizimli monitoringini amalga oshirish;
- monitoring natijalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish va semestr, yil yakunida universitetKengashi muhokamasiga olib chiqish;
- masofaviy va dual ta’lim shakllarida ta’lim oluvchilarning modullarni o‘z vaqtida va sifatli o‘zlashtirishini hamda ishtirokini monitoring qilish;
- universitetprofessor-o‘qituvchilarining pedagogik faoliyati hamda o‘qitish sifati va samaradorligini tahlil qilish, baholash hamda ulaming kasbiy va pedagogik mahoratlarini yuksaltirishga oid tadbirlarni tashkillashtirish;
- talabalar bilimini nazorat qilish va baholash faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Registrator ofisi bilan hamkorlikda fakultetlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida talabalar kontingentini fakultetlar kesimida jamlash, umumiy hisobini shakllantirish va yuritish;
- yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratilishi, ularning muntazam yangilab borilishini monitoring qilish va tegishli takliflarni ishlab chiqish;
- universitetda ta’lim dasturlarini amalga oshirishning metodik ta’minotini tahlil etib borish va metodik yordam ko‘rsatish;
- universitettuzilmalari faoliyatini to‘laqonli amalga oshirish uchun o‘quv jarayoni bilan bog’liq masalalarda lokal hujjatlarni ishlab chiqish;
- xalqaro aloqalarga mas’ul bo‘lgan bo‘linmalar bilan birgalikda talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va boshqalar.

