
Jafarov Bahrom Ibodullayevich – Markaz direktori
Namangan shahri Yangi Namangan tumani I.Karimov ko‘chasi 12-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
+998 69 228 76 67
bjafarov@namdtu.uz

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi
Umumiy ma’lumot
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-maydagi 230-sonli qarori, 2002-yil 6-iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyruqlari asosida tashkil etilgan. Markaz faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan.
Markazning asosiy maqsadi – universitetda raqamli ta'lim texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim jarayonini raqamlashtirish, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun zamonaviy raqamli muhit yaratish hamda bu boradagi normativ hujjatlar ijrosini ta’minlashdan iborat.
Asosiy vazifalar
- Universitetning axborot tizimi va infratuzilmasini rivojlantirish, fakultet va kafedralarni zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash;
- O‘quv jarayonini boshqarish, ilmiy va ma’muriy faoliyatda raqamli texnologiyalarni joriy etish;
- Elektron ta’lim resurslarini yaratish, joylashtirish va ularni yagona tizim asosida boshqarish;
- Axborot xavfsizligini ta’minlash, foydalanuvchilarning tarmoqqa ulanish huquqlarini tartibga solish;
- Kompyuter va tashkiliy texnika vositalarining uzluksiz ishlashini, ularning profilaktik va texnik xizmatini yo‘lga qo‘yish;
- Videokonferensiya, videomaslahat va boshqa onlayn ta’lim shakllarini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
- Universitetning korporativ tarmog‘ini rivojlantirish va uni respublika hamda xalqaro axborot tizimlariga integratsiyalash.
Markaz tuzilmasi
Markaz quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:
- Raqamli ta'lim texnologiyalarini joriy etish bo‘limi – axborot tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash ishlarini amalga oshiradi.
- Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi – universitet axborot resurslari va tarmoqlarining xavfsizligini nazorat qiladi hamda axborotlarni muhofaza qilish choralarini ko‘radi.
- Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi – kompyuter va tashkiliy texnika vositalarining sozligini ta’minlaydi, nosozliklarni tezkor bartaraf etadi.
- Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi – universitetning lokal va global tarmoqlari, serverlari hamda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i faoliyatini boshqaradi.

