Preloader

Universitetda vazirlik ishchi guruhi ishtirokida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi Xurshid Eshov boshchiligida ishchi guruh Namangan davlat texnika universiteti talabalari oʻrtasidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrgandi.

Oʻrganish natijalari universitet mutasaddilari, boʻlim boshliqlari, dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar hamda institut xotin-qizlar faollari ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida asosiy urgʻu mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralariga qaratildi. Talaba-yoshlar bilan bevosita ishlash tashabbus va fidoyilikni talab qilishi, bu borada tashabbus va kreativ gʻoyalar qoʻllab-quvvatlanishi bildirildi.

Share:
Admin Admin
Author

Admin Admin