Axborot-resurs markazi

Ozoda Mamadaliyeva Maxamatjanovna
Lavozimi: ARM direktori
Qabul vaqti: Har kuni 9:00 dan 17:00 ga qadar
Telefon: +998 91 345 94 61
E-mail: ozoda1970@umail.uz
Bizning shior
“Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi”.
Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari
Normativ hujjatlar asosida muvofiqlikni tahlil qilish:
O‘zbekiston Respublikasi 2011-yil 13-aprel 280-sonli “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi qonun asosida faoliyat yuritish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentyabr 552-sonli “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarorijrosini ta’minlash;
Namangan davlat texnika universiteti 2025 yil 1-mayda tasdiqlangan Axborot-resurs markazining nizomi asosida faoliyat olib borish.
Ta’lim jarayonining ta’minlanganligi:
O‘quv adabiyotlari, elektron resurslar ta’minlanganlik darajasini oshirish;
Raqamli kutubxona va masofaviy ta’lim platformalari samaradorligini oshirish;
Taʼlim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq asosan ilmiy-taʼlimga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini taʼminlash;
Elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi.
Kadrlar va malaka oshirish:
Axborot-kutubxona resurslaridan oʻzaro foydalanishni taʼminlaydi;
Boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Yigʻma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
Madaniy, taʼlim, axborot dasturlari va loyihalarini hamda boshqa dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun taʼlim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi;
Hududiy va halqaro malaka oshirish kurslari hamda onlayn sertifikatlash imkoniyatlaridan foydalanadi.
Moddiy-texnik baza holatini o‘rganish:
Moddiy ob’yektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni taʼminlash uchun rekvizitlarga ega boʻlgan axborotlarni saqlaydi;
Foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini taʼminlash;
Foydalanuvchilarning intellektual, maʼnaviy-ahloqiy, madaniy va taʼlim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Axborot-kutubxona fondini shakllantirish:
Axborot-kutubxona fondini shakllantirish axborot-kutubxona muassasasining maqsadlari va vazifalariga muvofiq uni jamlash, hisobga olish, ishlovdan oʻtkazish, joylashtirish va saqlash orqali amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarning huquqlari
Axborot-kutubxona muassasalariga kirish va axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish;
Oʻz ehtiyojlariga mos tarzda axborotni erkin tanlab olish;
Soʻralayotgan axborot-kutubxona resurslarining mavjudligi haqida axborot olish.
Foydalanuvchilarning majburiyatlari
Axborot-kutubxona muassasalarida foydalanish qoidalariga rioya etishi;
Axborot-kutubxona resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishi, ularning yoʻqolishiga yoki buzilishiga yoʻl qoʻymasligi, zarar yetkazilgan taqdirda esa belgilangan tartibda uning oʻrnini qoplashi;
Axborot-kutubxona muassasalari ishining sifatini pasaytirishga qaratilgan hatti-harakatlar qilmasligi shart.
Xalqaro tajriba va reytinglar:
Chet eldagi kutubxona tizimlarini o‘rganish va mos amaliyotlarni joriy qilish.
Axborot-resurs markaziga jalb qilish:
Talaba-yoshlarning kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli oʻrganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish.

