
Biznesni boshqarish
Umumiy ma’lumot:
Tashkil topgan yili: Namangan muhandislik‑qurilish institutining 2017 yil 7 avgustda “129‑u sonli Institut fakultetlar va kafedralar tuzilmasiga o’zgartish kiritish to‘g‘risida’” buyrug‘i bilan tashkil etilgan
- Fakultet dekani: Maxmudov Baxriddin Jo’rayevich, professor
- Manzil: Namangan viloyati, Davlatobod tumani, To’quvchilar MFY, Sportchilar ko’chasi, 12-uy
- Telefon: +998-91-281-00-02
- Email: baxriddinxonmaxmudov@gmail.com
- Rasmiy veb-sayt: https://www.namdtu.uz/
Fakultet dekani

Mahmudov Baxriddin Jo‘rayevich
Namangan davlat texnika universiteti, “Biznesni boshqarish” fakulteti dekaniTa'lim yo'nalishlari (bakalavriat):
60410800-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),
60411000-Inson resurslarini boshqarish,
60410900-Biznesni boshqarish,
61010400-Logistika (iqtisodiy faoliyat bo’yicha)
61010400-Logistika (iqtisodiy faoliyat bo’yicha),
60410900-Biznesni boshqarish
60411600-Korporativ boshqaruv
60410201- Buxgalteriya xisobi
Magistratura mutaxasisliklari (agar mavjud bo‘lsa):
70410801 – Menejment
70410804-Korporativ boshqaruv
70410201-Buxgalteriya xisobi
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
- Umumiy soni: [104 ta]
- Shundan:
- Fan doktorlari, professorlar — 11 ta
- Fan nomzodlari, dotsentlar — 37 ta
- Katta o‘qituvchilar va assistentlar — 56 ta
Ilmiy faoliyat:
- Fakultetning asosiy ilmiy yo‘nalishlar:
- Loyihalar va grantlar: [Agar mavjud bo‘lsa]
- Ilmiy jurnallar va to‘plamlar: [Nomlari]
Fakultet tasarrufidagi Menejmnet kafedrasida “Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni boshqarishni takomillashtirish” mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ushbu tadqiqot ishlarining natijasida kafedra professor o‘qituvchilaridan R.Ismatov, O.Aripov, G’.SHermatov, T.Dadaboev, I.Soliev, B.Mullaboev, A.Adahsev va M.Ibragimovalar o‘z ilmiy ishlarini yakunlab dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Shuningdek Buhgalteriya hisobi kafedrasida “O’zbekistоnda demоkratik islоhоtlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini rivоjlantirish sharоitida tоlerantlik madaniyati” muammоlari dоirasida оlib bоrilmоqda. Kafedra a’zоlaridan A. Mirzaxmedov, I. Ismoilov, M. Alixonov, S. Karimbaeva, N. Shaydullaev, A. Hakimov, A. Nurmatov, Z. Yusuaov, T. Malikov, B. Tojiboev, B. Nabiev, B. Isxakov, A. Maxmudov, R. Patxiddinov, A. Qidaxonov, X. Qidaxonov, X. Mirzaxalov va X. Muxiddinova, A.Mansurov, G.Sotivoldiev, S.Majidovlar doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish olib bormoqdalar.
Ijtimoiy fanlar kafedrasidas esa “Kichik biznes subyektlarida buxgalteriya hisobi va byudjetlashtirishni takomillashtirishning ilmiy asoslari” hamda “Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yo‘nalishlari” mavzulari doirasida izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra a’zolari — I. Sirojiddinov, O. Sobirov, Sh. Asatullayeva, Q. Yuldashev, A. Isomuxamedov, N. Muradova, B. Sadriddinov, T. Ubaydullayev, M. Karimova va boshqalar doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Xalqaro hamkorlik: Bisnesni boshqarish fakulteti tasarrufidagi kafedralarning ilmiy-tadqiqot va o’quv-uslubiy ishlar sohasida respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamdailmiy tadqiqot institutlari bilanhamkorlik aloqalari yo’lga Jumladan fakultet kaferralari kafedra “Mirzо Ulug’bek” nоmidagi O’zbekistоn Milliy universiteti, O’zR FA Tarix instituti, O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi, Milliyg’оyava mafkura Respublika ilmiy-amaliy markazi, OILA ilmiy-amaliy markazi, Namangan Davlat Universiteti bilano’zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Shuningdek Buxgalteriya hisobi kafedrasi ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy ishlar yo‘nalishida mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, kafedra “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Namangan davlat universiteti, TITU Namangan filiali o’zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
- Hamkor universitetlar:
Bisnesni boshqarish fakulteti tasarrufidagi Ijtimoiy fanlar kafedrasi Muxtor Avezev nomidagi Qozog’iston Xalqaro universiteti, Manas nomidagi O’zbek-qirg’iz xalqaro universiteti, Farobiy nomidagi Qozog’iston milliy universiteti, M.Satpayev nomidagi Qozog’iston Texnika universiteti bilanhamkоrlik alоqalarini o’rnatgan.
Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi esa Malayziyaning Malayya universiteti, Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti, M. Satpayev nomidagi Qozog‘iston texnika universiteti, Belarus milliy texnika universiteti va Manas nomidagi Qirg’iz-Turk universiteti bilan ilmiy va uslubiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Akademik almashinuv dasturlari: [Erasmus+, DAAD, Mevlana va boshqalar]
Biznesni boshqarishfakultetida tahsil olgan va hozirgi vaqtda davlat boshqaruv organlarida va milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida nufuzli lavozimlarda xizmat qilayotgan bitiruvchilar to‘g’risida ma’lumot:
Abdurazakov Shavkat Shokirdjanovich-Namangan viloyati Hokimi
Bozarov Xayrullo Hayitbaevich -Farg’ona viloyati Hokimi
Djamalov G’ofir Oribjanovich - Namangan shahar Hokimi
Abdullaev Jobir Sharibjonovich-Yangi Namangan tumani Hokimi
Xudoyberdiev Nurshod Nurmamatovich- Mingbuloq tumani Hokimi
Rizzaev Jaxongir Nosirjanovich-Uchqo‘rg’on tumani Hokimi
Najmiddinov Asadulla Ikramovich-Yangiqo‘rg’on tumani Hoqimi
Nuritdinov Botirjon Qodirxonovich- Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Mamajonov Ravshan -"Koka-kola ichimligi Uzbekistan ltd." sp - g. Namangan filiali direktori
Ikramov Zafar SHavkatovich-Namangan viloyati xokimligi Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari kotibiyati mudiri
Dadaboev Akmal Olimjonovich- Namangan viloyati kichik sanoat zonalari direktsiyasi boshlig’i
Parpiev Sardor Rustamovich-Namangan viloyati Erkin iktisodiy zonalar direktsiyasi boshlig’i
Saloxitdinov Faxriddin-Namangan viloyati davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig’i
Sattorov Ilxomjon-Namangan viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig’i
Jo‘raev Yodgor Avazbekovich-O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi Boshqarma boshlig’i
Inamov Fazliddin Abduolimovich-O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining Xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, reytingini yuritish va dasturlarini shakillantirish boshqarmasi boshlig’i
Maxmudov Akmal-“Namangandonmahsulotlari” AJ
Mamajanov Jaxongir Axmadjonovich O‘zbekiston Respublikasi savdo sanoat palatasi raisi o‘rinbosari
Orifboev Abdullaxon Asadillo o‘g’li-O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Xalqaro munosabatlar boshqarmasi boshlig’i
Otajonov Nodir Sobirovi-«O‘zagrolizing» AJ boshqaruv kengashi raisi
Mamadaliev Odiljon Toirovich-O‘zbekiston Respublikasi Statistika qumitasi “Xalqaro xamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi” boshlig’i
Talabalarga imkoniyatlar:
Biznesbi boshqarish fakultetida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim sifati va ilmiy faoliyatni yuqori darajada olib borish uchun zarur infratuzilma va moddiy-texnika bazaga ega. Fakultet tasarrufidagi kafedralarning barcha faoliyati zamonaviy pedagogik talablarga mos ravishda tashkil etilgan.
Fakultetda zamonaviy talablarga javob beradigan, keng, yorug‘ va qulay auditoriyalarda joylashgan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlarini samarali o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Har bir auditoriya zamonaviy multimedia vositalari – proyektor, monitor va audio tizimlar bilan jihozlangan.
Talabalarning darsdan tashqari ilmiy va mustaqil ishlarini bajarishlari uchun kompyuter sinflari, internet tarmog‘iga ulangan ish joylari mavjud.
Fakultet professor-o‘qituvchilari uchun alohida ish xonalari, ilmiy-metodik materiallar saqlanadigan kutubxona burchagi tashkil etilgan.
Universitetning markaziy axborot-resurs markazi (ARM) bilan hamkorlikda kafedra fanlari bo‘yicha elektron darsliklar, o‘quv-uslubiy majmualar va videoma’ruzalar bazasi yaratilgan.
Fakultet tasarrufidagikafrdralarning fondida 100 dan ortiq adabiyotlar, monografiyalar, metodik qo‘llanmalar hamda o‘quv dasturlari mavjud.
Ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida onlayn platformalar (Zoom, Google va boshqalar) faol qo‘llaniladi.
Talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazishga mo‘ljallangan kichik majlis zali mavjud.

