Preloader
Iqtisodiyot

Iqtisodiyot

Umumiy ma’lumot:

Fakultet jamoasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talabalari asosida amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda fakultet talabalarining umumiy soni 2796 nafarni tashkil etib, ularning 2335 nafari o‘g‘il, 461 nafari qizlardan iborat. Shuningdek, 163 nafar talaba davlat granti, 897 nafar talaba esa to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladi. Talabalarning 377 nafari ijarada yashaydi. 157 nafar talaba institut talabalar turar joyida yashaydi 526 nafari esa o‘z uylaridan qatnab tahsil oladilar. Fakultet talabalari kurslar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: bakalavriaturada 1-kurs 590 nafar, 2-kurs 705 nafar, 3-kurs 625 nafar, 4-kurs 659 nafar, 5-kurs 213 nafar; 

  Fakultetda 1 nafar chin yetim va 58 nafar boquvchisini yo‘qotgan, 16 nafar nogiron,  116 nafar kam ta’minlangan talabalar tahsil olmoqda. Fakultet talabalaridan 271 nafari Andijon viloyatidan, 296 nafari boshqa viloyatlardan kelgan talabalar bo‘lib, 2019 nafari Namangan viloyatidan, 24 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 32 nafari Samarqand viloyatidan, 275 nafari Farg‘ona viloyatidan, 10 nafari Navoiy viloyatidan, 18 nafari Jizzax viloyatidan 20 nafari Surxondaryo viloyatidan, 8 nafari Buxoro viloyatidan, 16 nafari Toshkent viloyatidan, 10 nafari Qoraqolpog‘iston Respublikasidan, 72 nafari Xorazm viloyatidan, 11 nafar Toshkent shahridan kelib tahsil oladilar. 

  Fakultet bo‘yicha 21 nafar muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar tavsiyanomasi asosida o‘qishga kirgan talabalar mavjud bo‘lib, ularning 20 nafari davlat granti, 1 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladi.

Fakultet tasarrufida quyidagi kafedralar faoliyat ko’rsatmoqda:

  •  “Iqtisodiyot”; 

  • “Marketing”;

  • “Iqtisodiyot nazariyasi”;

  • Xorijiy tillar.

Fakultet dekani

Ibragimov Isroil Usmanovich
Ibragimov Isroil Usmanovich

Namangan davlat texnika universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti dekani

Qabul vaqti: Payshanba 16:00 dan 18:00 gacha
Boltaboyev Bekzodjon Egamberdiyevich
Boltaboyev Bekzodjon Egamberdiyevich

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD)Har kuni, 08:00-17:00

Fakultetda quyidagi ta’lim yo'nalishlari bo’yicha bakalavriat tayyorlanmoqda:

Oqish muddati — 4 yil

  • 60310100 — Iqtisоdiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);

  • 60412500 — Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);

  •  61010100-Turizm va mexmondo'stlik

  •  60411300 - Savdo ishi

Bugungi kunda fakultet talabalarining umumiy soni 2796 nafarni tashkil etib, ularning 2534 nafari o‘g‘il, 262 nafari qizlardan iborat. Fakultet talabalari kurslar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: 1-kurs 552 nafar, 2-kurs 599 nafar, 3-kurs 532 nafar, 4-kurs 672 nafar, 5-kurs 391 nafar. 

 

Professor o’qituvchlar tarkibi:

Fakultetda jami 91 nafar professor-o‘qituvchilarjumladan 9 nafar fan doktori, professor, 31 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 19 nafar katta o‘qituvchi32 nafar assistentlar faoliyat olib borishmoqda. 

Fakultetda ilmiy salohiyat 44% foizni tashkil etadi.

 

Fakultetning Xorijiy oliy o’quv yurtlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari

  • Turkiya EGE universiteti  (Turkiya);

  • Turkiya Karabuk universiteti  (Turkiya);

  • Nejmeddin Erbakan universiteti (Turkiya);

  • Kazan federal universiteti (Rossiya);

  • Ural davlat iqtisodiyot universiteti (Rossiya);

  • Belorussiya milliy texnika universiteti (Belorussiya);

  • Belorussiya davlat universiteti (Belorussiya);

  • Osh Qirg’iz-O’zbek universiteti (Qirg’iziston);

  • Osh texnika universiteti (Qirg’iziston);

  • Namangan viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi

  • Namangan viloyati Davlat soliq boshqarmasi

  • Namangan viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi

  • Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi

  • “Dasturiy maxsulotlar va axborot texnologiyalari” texnologik parki direksiyasi Namangan  viloyati filiali

  • “Popdonmaxsulot” AJ

  • “Yangiqo‘rg‘on Agro Invest”      MCHJ

  • “To‘raqo‘rg‘on mexanika zavodi” unitar korxona

  • “Namangan to‘qimachi” MCHJ

  • “Ideal Tekstil Orzu” MCHJ

  • “Yangiqo‘rg‘on Yanteks” MCHJ

  • “Uchqo‘rg‘on paxta tozalash zavodi” 

  •  “Uchqo‘rg‘onyog‘” AJ

  • “Chasmai Safed” ko’p tarmoqli femer xo’jaligi 

  • “ART SOFT TEX” MChJ

  • “Tekstil Libos” MCHJ

  • “SULIKS TORG SERVIS” MCHJ

  • “Semurg-Inshurance”MCHJ

  • “INGO-Uzbekistan”MchJ

  • “AFRUZ KAMOL NABI” MCHJ

  • “Home Textile NT” MCHJ

  • “Namangan To’qimachi Holding” MCHJ

  •  “Art soft holding” MChJ

  • “Temur star texnik” MChJ

  •  “Istiqlol dizayn markazi” MChJ

  • “Uchqo’rg’ondonmaxsulotlari” AJ

  •  “Namimpex-tekstile” OOO

Fakultet tasarrufidagi kafedralarning ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari

Fakultet ta’lim yo’nalishlarini tamomlab, Respublikamiz tashkilotlarida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatayotgan bitiruvchi talabalarimiz haqida ma’lumot. 

https://www.chust.uz/images/site/Xamdamov.jpg

Bekzod Ismoiljanovich Hamdamov 

Bekzod Ismoiljanovich Hamdamov 1979 yilda Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2008 yilda esa Soliq akademiyasi magistraturasini tamomlagan. U muqaddam «Yuksalish» umummilliy harakati Namangan viloyat bo‘linmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan, 2020 yil boshidan buyon Mingbuloq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. U 2020 yildan Chust tumani Xokimi lavozimida ishlab kelmokda.

 

https://tsue.uz/media/staff/Raxmonov-Dilshodjon-Alidjonovich-250x288.jpeg

Rahmonov Dilshodjon Alidjonovich

Rahmonov Dilshodjon Alidjonovich- 1985 yilda tug‘ilgan, 2007 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti  Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori

Съезд УзЛиДеП утвердил кандидатов в депутаты | УзЛиДеП

Rustamov Ulug‘bek Gʻolibjonovich

        Rustamov Ulug‘bek Gʻolibjonovich, 1981 yilda  Chust tumanida tug‘ilgan, 2002 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i.

image-210.png

Maxmudxo‘jayev Avazbek

Maxmudxo‘jayev Avazbek- O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat dasturlarini rivojlantirish moliyaviy ta’minoti departamenti boshqarma boshlig‘i.

Fakultetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-marifiy tadbirlar.

Iqtisodiyot fakultetida "Jaxolatga qarshi ma’rifat bilan" va "Giyohvandlik asr vabosi" mavzularida tabdir o‘tkazildi

 

Tadbirni Iqtisodiyot fakulteti dekani I.Ibragimov ochib, o‘z so‘zida o‘sib kelayotgan yosh avlodni turli yod g‘oyalar tasiridan asrash, ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘lami haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda, universitet inspektori I.Saydaliyev va Davlatobod tumani Din ishlari bo'yicha mutaxassisi N.Oripov  yosh avlod vakillarining turli oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklari, taqiqlangan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslik borasida muxim ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Bir guruh adashib noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolgan yoshlarning ayanchli taqdiri aks etgan videorolik namoyish etildi.

image-214.pngimage-213.png

 

image-212.png

 

3-TTJ da talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishmoqda. 

 

Shaxmat — do‘stlik va aql zakovat o‘yini!

 

Namangan davlat texnika universitetida 3- talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur bellashuv yoshlarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda talabalar o‘rtasida do‘stlik va jamoaviylik ruhini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqa davomida har bir jamoa g‘alaba uchun bor aql, zakovat va mahoratini safarbar etdi. G‘olib va faol ishtirokchilar fakultet rahbariyati esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

image-214.png

 

image-215.png

 

 

Inson qadrini ulug‘lash orqali ularga munosib sharoit yaratish.

 

Mamlakatimizda xotin-qizlarni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish masalasida Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Botirova Raximaxon ustoz 3-talabalar turar joyidagi talaba qizlar bilan suxbat o'tkazdi. 

Xotin-qizlarga oliygohda o‘qish uchun foizsiz kredit ajratish, magistraturada bepul ta’lim olish tizimi joriy etilganligi. Bugun talabalarning 33 foizini xotin-qizlar tashkil etishi to'g'risida talaba qizlarga tushuntirish berdi.

 

image-212.png

 

image-212.png

 

Mutolaa va kitobxonlik madaniyati targ‘iboti 

 

            Iqtisodiyot fakultetida  1-oktyabr "Uztozlar va murabbiylar" kuniga bag'ishlab tashkil etilgan “Kitobxonlik haftaligi”da bir qator ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarga boy holda nishonlanmoqda. Ushbu tadbirlarda talaba yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishni keng targ‘ib etish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bo‘lib, ko‘rgazmalarning har birida yuzlab adabiyot va ijod ihlosmandlari qamrab olindi.

           Ta’kidlash kerakki, haftalik doirasidagi   “Kutubxonaga qo‘lingni cho‘z” aksiyasining ommaviy tus olishi professor-o'qituvchilar tomonidan taqdim etilgan adabiyotlar bilan yanada boyidi. 

          “Kitobsevar talaba” shiori ostidagi haftalik doirasida Davlatobod tumani IIB boshlig'i podpolkovnik A.O. Xo'jakulov ham ishtirok etgani kitobxon talabalar uchun yodda qolarli laxzalarni taqdim etdi.

image-211.png

 

image-211.png

Ibragimov Isroil Usmanovich

 Qabul vaqti: Payshanba 16:00 dan 18:00 gacha
 Telefon: +998 94-270-77-22
 Elektron pochta:  ibragimov_isroil@bk.ru

Mehnat faoliyati   

1997-2001 yy.  Namangan muhandislik -pedagogika instituti  talabasi  

2001-2003 yy.  Namangan muhandislik-pedagogika instituti magistranti  

2003-2004 yy  Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti Ilmiy bo‘lim texnik muhandisi  

2004-2006 yy  Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Menejment» kafedrasi aspiranti  

2006-2008 yy  Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Menejment»  kafedrasi assistenti  

2008-2011 yy  Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti «Menejment»  kafedrasi katta o‘qituvchisi  

2011-2012 yy  Namangan muhandislik-texnologiya instituti «Marketing»  kafedrasi katta o‘qituvchisi  

2012-2017 yy  Namangan muhandislik-texnologiya institutining birinchi bo‘limi boshlig‘i  

2017-2018 yy  Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Kimyoviy-texnologiya” fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini  

2018-2021yy  Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Avtomatika va energetika” fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini  

2021-2025 yy  Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Menejment” kafedrasi mudiri   

2025-xv  Namangan muhandislik-texnologiya instituti  Iqtisodiyot fakulteti dekani