Preloader

Kar’yera va bandlik markazi

image-473.pngJALOLOV OTABEK MAXMUDILLAYEVICH  

Lavozimi: Markaz rahbari  

Qabul vaqti: Har kuni 13:00dan 16:00 ga qadar  

Telefon: +998 94 300 59 95  

E-mail: o_jalolov@gmail.com  

 

 Bizning shior.Katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang.  

Markazning asosiy vazifalari  

Talabalarga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko‘nikmalari, ishga kirish uchun rezyumeni tayyorlash va beruvchi bilan suhbatdan o‘tish usullarin o‘rgatish, ishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar bilan tanishtirish.  

Ta’lim muassasalarining ilg‘or mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilgan holda talabalarni kasbga yo‘naltirish, mahnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish joylariga va ish beruvchilarga, istiqbolli ta’lim sohalariga oid zamonaviy ma’lumotlar bilan tanishtirish.  

Mehnat organlari, ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o‘rinlari yarmarkalari, kar’yera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish. Universitetdagi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoratini (malakaviy sifatlarini) o‘rganish hamda ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiqligini aniqlash.  

Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ishga taqsimlash obektlari - ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar - davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va hokazo) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali  to‘liq ma’lumotlar  bankini yaratish.  

Joriy yil bitiruvchilari haqida Registrator ofis bilan hamkorlikda (ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatilgan holda) ma’lumotlar bankini yaratish.  

Joriy yilda va o‘tgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qayta aloqalar o‘rnatish, zarur hollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish.  

Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga axborotlar vositasida ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini tanlash, ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televideniye, elektron aloqa, veb-sayt) orqali bitiruvchilar to‘g‘risida (viloyatlar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon qilinishini, institut veb- saytida joylashtirilishini, ma’lumotlar nashr qilish va ularni iste’molchilar (ish beruvchilar)ga yetkazilishini ta’minlash, reklamalar mazmuni, reklama modullarining xomaki nusxalari, maqolalar matnlari, video va audio yozuvlarining senariylari tayyorlashda ishtirok etish.  

Yuqori (bitiruvchi) kurslar talabalarida kasbiy mahorat sifatlarining bakalavr (magistr) ma’lumot darajasiga va ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiq shakllanishi jarayonini o‘rganish, tahlil qilish hamda marketing izlanishlari natijalari tahlilidan kelib chiqqan holda raqobatbardosh bitiruvchi shaxsini shakllantirish maqsadida fakultetlar, tegishli kafedralar va ilmiy, o‘quv-metodik bo‘limlarga buyurtmachilar (iste’molchilar) tavsiyalarini taqdim etish.  

Turdosh oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlanayotgan raqobatli bitiruvchilarning kasbiy mahorati darajasi, ularning ustunligi va kamchiligini baholash hamda o‘z bitiruvchilari bilan taqqoslash.  

Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda hamda bakalavr va magistr bitiruvchilarining kasbiy mahorati (malakaviy sifatlari)ni yaxshilash maqsadida raqobatbardosh bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.  

Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish qilish maqsadida oliy ta’lim muassasasining respublika, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash.  

Imzolangan shartnomalarga muvofiq ish beruvchilarni belgilangan muddatlarda bitiruvchilar bilan ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasasining barcha tegishli bo‘linmalari bilan talabalar qabuli va bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini muvofiqlashtirish.