Preloader
Logistika kafedrasi

Logistika kafedrasi

1. Umumiy ma’lumotlar

  • Kafedra nomi (rasmiy): Logistika
  • Fakultet tarkibida: Transport
  • Tashkil topgan yili: 2019
  • Joylashuvi (binosi, xonasi): NamDTU 17-bino, Namangan shahar, Yangi Namangan tumani 8 mart ko’chasi

2. Kafedra rahbariyati

Kafedra mudiri: Tuxtabayev Mirzoxid Axmadjanovich, PhD, dotsent

  • Kafedra mudiri yordamchisi (agar mavjud bo‘lsa): -
  • Ilmiy kotib (agar mavjud bo‘lsa): Turg’unov Zokirjon
  • Mas’ul o‘qituvchilar (yo‘nalishlar bo‘yicha):

3. Kafedraning maqsad va vazifalari:

- Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan dars mashg’ulotlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, shuningdek, o‘rgatuvchi dasturlar, video darslar tayyorlanib, ma’ruza, amaliy va tajriba dars mashg’ulotlariga keng tadbiq etib kelinmoqda.

4. O‘quv faoliyati: 

mutaxassislik kafedrasida 4 ta ta’lim yo‘nalishlarda bakalavrlar tayyorlab kelinmoqda: jumladan, 

- 60712400 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik (Avtomobil transporti), 

- 60713200–Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (Avtomobil transporti), 

- 61040400-Avtomobil servisi, 

- 61040100 – Transport logistikasi (avtomobil transporti), 

- 61010400 - Logistika (Avtomobil transporti), 

kafedrada 2 ta ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda: jumladan, 

- 71010402- Transport logistikasi (avtomobil transporti);

- 70711407 - Intellektual transport tizimlari mutaxassisligida 11 nafar magistrantlar tahsil olmoqda.

4.1 O‘qitiladigan fanlar ro‘yxati

Bakalavriat bosqichi:

Transport infratuzilmasi

Logistika

Transport umumiy kursi

Avtomobillar tuzilishi

Transport tizimining huquqiy me’yoriy asoslari

Yo'lovchi tashishning zamonaviy texnologiyalari

Avtomobil transportida yuklarni tashish

Jamoat transportida tashishni tashkil etish va boshqarish

Multimodal tashuvlar texnologiyasi

Transportda tashish jarayonlarini modellashtirish

Avtomobillarda tashish jarayonlarini tashkil etish

Yagona transport tizimlari rivojlanish strategiyasi

Maxsus harakatdagi tarkib

Murakkab transport tizimi nazariyasi

Xalqaro logistika

Avtomobil va traktorlar konstruksiyasi

Mashinasozlik texnologiyasi asoslari va avtotraktorsozlikda yangi texnologiyalar

Avtomobil va traktorlarning elektr, elektron tizimlari va jihozlari

Avtomobil va traktorlar nazariyasi

Avtomobil va traktorlarni sinash va puxtalik asoslari

Avtomobillarni ta'mirlash va utilizatsiya qilish

Ishlab chiqarish logistikasi

Avtomobilning elektron boshqaruv tizimlari

Avtomobil va traktorlar transmissiyasi

Ichki yonuv dvigatellari

Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Avtotransport vositalarining servis asoslari

Avtotransport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlari

Texnik xizmat ko'rsatish texnologiyasi

Yuk tashuvlarini tashkil etish va boshqarish

Transport va yuk tashish logistikasi

Elektromobillar

Avtomobil kuzovlarini loyihalash

Ilmiy-tadqiqot asoslari

Servis korxonalarida sifatni boshqarish

Avtomobil transportini avtomatlashtirish

 

Magistratura bosqichi:

Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

Xalqaro tashishlarni texnologiyalari

Logistika nazariyasining modellari va usullari

Patentshunoslik, lisenziyalash va sertifikatsiyalash

Tashishning innovasion texnologiyalari

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Yetkazib berish zanjirlarida boshqaruv

Logistika va yetkazib berish zanjirlarida intellektual tizimlar

Transport fani, texnika va texnologiyasining zamonaviy muammolar

Transport jarayonlari va tizimlari nazariyasi

4.2 O‘quv rejalari va dasturlar:

Bakalavriat bosqichi:

1. 60711900 - Barqaror transport ta'lim yo'nalishi.

2. 61010400 - Logistika (Avtomobil transporti)ta'lim yo'nalishi.

3. 60712400 – Avtomobilsozlik va traktorsozlik (Avtomobil transporti)ta'lim yo'nalishi.

4. 61040100 - Transport logistikasi (Avtomobil transporti) ta'lim yo'nalishi.

5. 60713200–Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (Avtomobil transporti)ta'lim yo'nalishi.

6. 61040400-Avtomobil servisita'lim yo'nalishi.

Magistratura bosqichi:

1. 71010402- Transport logistikasi (avtomobil transporti).

2. 70711407 - Intellektual transport tizimlari.

5. Kafedra tarkibi

F.I.Sh.LavozimiIlmiy daraja/unvonMutaxassislik
[Tuxtabayev Mirzoxid Axmadjanovich]Kafedra mudiriPhD, dotsentKasb ta’limi (Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash)

[Normirzayev 

Abduqayum 

Rahimberdiyevich]

Dotsentt.f.n, dotsent

Avtomobil va avtomobil

Xo’jaligi

[Isoqova Zubayda Xabibullayevna] DotsentPhD, dotsent muhandis-mexanik
[Ustaboyev Abdullo Raximjonovich]DotsentPhD, dotsentTashishni tashkil etish va transport logistikasi
[Inamov Dilmirza Dedamirzayevich]DotsentPhD, dotsentKasb ta’limi (Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash)
[Azambayev Muxammadjon G`ofurjanovich]DotsentPhD, dotsentkasbiy ta’lim, maxsus va texnik fanlar
[Soliev Xayitboy Mirzadavlatovich]DotsentPhDKasb ta’limi (Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash)
[Ataxanov Hoshimjon Baymirzayevich]Dotsent-  

Avtomobil

Xo’jaligi

[Narzullayev Komiljon Sobirjonovich]Dotsent-kasbiy ta’lim, maxsus va texnik fanlar

[Bekmirzayev Shuxratjon Bekmirza

o‘g ‘li]

Katta

o‘qituvchi

PhDkasbiy ta’lim, maxsus va texnik fanlar
[Xidirov Ulugbek Xabibullayevich]  kasb ta’limi (transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash)
[Turg’unov Zokirjon Xoshimboyevich]  Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi
[Valiyev Bobur Fayzimurot o‘g‘li]O‘qituvchi Yerusti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo‘yicha)
[Yoqubbekov Shoxrux Toxirjon o‘g‘li]O‘qituvchi Yerusti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo‘yicha)
Azimov IbroximStajyor-o‘qituvchi Intelektual transport tizimlari
Tumanbayeva Bibixon Izzatulla qiziStajyor-o‘qituvchi Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha)
Xakimov Raximjon Karimjon o‘g‘liStajyor o‘qituvchi Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha)
  • Xodimlar soni (jami):
    • Professor-o‘qituvchilar: [17]
    • Ilmiy darajaga ega: [8]
    • Stajyorlar: [3]

6. Ilmiy-tadqiqot faoliyati: kafedrada 1 ta amaliy loyiha bajarilgan va hozirda 1 ta fundamental loyiha bajarilmoqda, ular

- O‘zbekiston-Belarus hamkorligi doirasidagi 2021-2023 yillarga mo’ljallangan amaliy loyiha: Mini-elektrоtranspоrt vоsitalarining prоtоtiplarini yaratish uchun yangi magnit materiallar va ularning asоsida magnit o‘tkazgich ishlab chiqarish usullarini ishlab chiqish” mavzusida;

- O‘zbekiston-Belarus hamkorligi doirasidagi 2025-2027 yillarga mo’ljallangan fundamental tadqiqot: “Исследование влияния условий синтеза на структуру и физические свойства новых композиционных низкочастотных магнитомягких материалов” mavzusida;

7. Xalqaro hamkorlik Belarus milliy texnika univeriteti, Belarus milliy agrotexnologiyalar ugiversiteti, Belarus materialshunoslik ITI, Belarus birlashgan mashinasozlik ITI, Qozon federal universiteti.

8. Talabalar bilan ishlash

professor-o‘qituvchilar tomonidan kafedradagi yo‘nalishlarning barcha qobiliyatli talabalari bilan muntazam ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarga jalb etish va tanlovlarda ishtirokini ta’minlashda yordam berib kelishadi.

9. Infratuzilma va moddiy-texnika bazasi 

kafedrada tashkil topgandan beri 2 ta xalqaro qo‘shma ilmiy loyiha, 1 ta xo‘jalik shartnomasi, 1 ta ichki loyiha, 6 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 6 monografiya, 50 dan ortiq Respublika OAK ro‘yxatidagi jurnallarda, xalqaro OAK jurnallarida 30 dan ortiq maqolalar chop etildi. 

- “Bionika” laboratoriyasi mavjud;

- 05.08.06 – “Gʼildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha doktorantura mavjud;

- “Ilm, tadqiqot va taraqqiyot” ilmiy jurnali faoliyat yuritib kelmoqda.

10. Kafedraning yutuqlari va erishgan natijalari:

Kafedraning salohiyati 47 foizni tashkil qiladi, 1 ta dunyoning Top-1000 talik universiteti diplomiga ega ilmiy darajali professor-o‘qituvchi mavjud.

Scopus bazasida ilmiy jurnallar va konferensiyalarda Xirsh indeksi 5 va undan yuqori professor-o‘qituvchilar soni 1 ta, Xirsh indeksi 3 va undan yuqori professor-o‘qituvchilar soni 3 ta.

11. Kafedraning istiqboldagi rejalar:

Kelgusida 05.08.06 – “Gʼildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy Kengash tashkil etish.