Magistratura bo‘limi

Magistratura bo‘limi boshlig‘i: Xusanova Onarxon G‘aybullaevna
Qabul vaqti: Dushanba - Shanba (09:00-16:00 gacha)
Telefon: +998942753575
Email: onarxonxusanova1@gmail.com
LAVOZIM VAZIFALARI:
bo‘limda o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga bevosita rahbarlik qilish;
magistrlarni ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga yo‘llash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishini muvofiqlashtirish;
magistrlarning malakaviy amaliyotlari, loyihalari (ishlari), magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, ularning mustaqil ishlarini sifatli tashkil etilishini nazorat qilish;
magistraturaga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligining 2007 yil 29 dekabrdagi № 269 – sonli buyrug‘iga asosan 2007 -2008 o‘quv yilidan “Magistratura bo‘limi” qaytadan tashkil qilingan. 2021 yildan hozirgacha magistratura bo‘lim faoliyatiga b.f.d.,dotsent Xusanova Onarxon G’aybullayevna rahbarlik qilib kelmoqda.
Magistratura ta’lim bosqichi oliy ta’lim tizimining muhim qismi bo‘lib, u ilmiy-pedagogik kadrlar hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Hozirgi vaqtda magistratura bo‘limida ta’lim jarayoni zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan bo‘lib, fanlarning o‘quv-uslubiy ta’minoti va moddiy-texnika bazasi doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.
Magistrlik dissertatsiyalari mavzularini tanlashda ishlab chiqarish ehtiyojlari, buyrutmachi tashkilotlar talablari va ilmiy asoslanganlik mezonlari asosiy omillar sifatida qabul qilinadi. Bu esa ta’lim jarayonining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlaydi.
Magistrantlar tegishli kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etilgan bo‘lib, ular “ustoz-shogird” tizimi asosida bakalavr talabalarga amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda ishtirok etmoqdalar. Bu jarayon ularning ilmiy izlanish va pedagogik mahoratlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ayni vaqtda 48 ta mutaxassislik bo‘yicha 436 nafar talaba magistraturada ta’lim olmoqda. Ulardan 178 nafari 2025–2026 o‘quv yili bitiruvchilari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida mustaqil ish, ilmiy tadqiqot, amaliy mashg‘ulot va stajirovkalar majburiy tarkibiy qism sifatida nazarda tutilgan.
Magistratura bitiruvchilarining ko‘pchiligi ilm yo‘lini davom ettirish, ya’ni doktoranturaga kirish orqali ilmiy faoliyatni chuqurlashtirish istagida. Bu holat oliy ta’lim muassasasida ilm-fan salohiyatining ortishiga ham xizmat qilmoqda.
Magistraturada ta’lim jarayoni quyidagi asosiy me’yoriy hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi nizom”;
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son qarori — “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom”;
Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020 yil 23 sentabrdagi O‘RQ-637-son) va “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun (2019 yil 29 oktabrdagi O‘RQ-576-son) ham mazkur bosqichdagi ta’lim jarayonining huquqiy-me’yoriy asosini belgilab beradi.

