Preloader
Qurilish

Qurilish

Qurilish fakulteti

 Umumiy ma’lumot:

Namangan muhandislik‑qurilish institutining 2017 yil 7 avgustda “129‑u sonli Institut fakultetlar va kafedralar tuzilmasiga o’zgartish kiritish to‘g‘risida’” buyrug‘i bilan tashkil etilgan.

  • Fakultet dekani:  Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich
  • Dsc. Prof.
  • Manzil: Namangan  viloyati Davlatobod tumani   Mustaqillik   ko‘chasi  6 -uy
  • Telefon:  +998‑94‑159‑81‑06
  • Rasmiy veb-sayt:  https://namdtu.uz/
  • Email: mtmansurov@gmail.com

 Ta'lim yo'nalishlari (bakalavriat):

60730600-Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi

60811500-Suv taʼminoti muhandislik tizimlari

60730100-Arxitektura

60811300-Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

60730300-Qurilish muhandisligi

60730400-Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi

60730100-Arxitektura (turlari bo‘yicha)

60730900-Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha)

60730300-Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi

60730700-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

60730100-Arxitektura (turlari bo‘yicha)

60730900-Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha)

60730300-Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi

60730300-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

60730200-Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish

60730400-Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)

60811300-Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

60721700-Kadastr

60730900-Shahar qurilishi va loyihalash

Magistratura mutaxasisliklari (agar mavjud bo‘lsa):

70730601-Gidrotexnika inshootlari 

70730306 – Bino va inshootlar zilzilabardoshligi 

70730306 – Bino va inshootlar zilzilabardoshligi 

70730401-Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilish va ekspluatatsiyasi (turlari bo‘yicha) 

70730101 – Bino va inshootlar arxitektura

70730308 – Qurilish materiallari texnologiyalari


 Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

  • Umumiy soni: [ 89 ta]
  • Shundan:
    • Fan doktorlari, professorlar —  1 ta
    • Fan nomzodlari, dotsentlar —  44 ta
    • Katta o‘qituvchilar va assistentlar —  42 ta

 Ilmiy faoliyat:

Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash va ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha 05.09.01 Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura va 2023 yil 1-apreldagi OAK raisining 154/4-sonli qarori bilan kafedra xuzurida texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/01.04.2023.T.90.02 raqamli ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda. 

  • Loyihalar va grantlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PQ-307 sonli 7a ilovasi 46 bandida keltirilgan” “Bino va inshootlar qurilishi uchun samarador serobeton texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi Davlat grant loyihasini 2023-2024 yillar davomida kafedra jamoasi tomonidan bajarildi. «GIZ»  ГЕРМАНИЯ - «NamMQI»  ЎЗБЕКИСТОН Loyiha mavzu: Tabiiy bazalt toshdan olingan bazalt tolalari bilan temirbeton konstruksiyalarini dispers armaturalash asosida  mustahkamligini oshirish  Muddati 2024-2025 yilga mo‘ljallangan.  Qiymati:   40 ming yevro. (540 mln.so‘m))

Xalqaro hamkorlik:

Xitoy Xalq Respublikasining Vuhan texnologiyalar univrsiteti (Wuhan University of Technology), Qozog‘iston Respublikasi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Novosibrsk davlat arxitektura-qurilish universiteti(Sibstrin), Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti, O‘zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Farg‘ona politexnika instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot faoliyatlari yo‘lga qo’yilgan. 

 Talabalarga imkoniyatlar:

  • Laboratoriyalar va markazlar: 

Fakultet  qoshida zamonaviy suv ta’minoti, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti , nasos stansiyalari, gidravlika va ventilyatsiya sohalari bo‘yicha 20 dan ortiq yangi turdagi laboratoriya qurilmalari bilan ta’minlangan hamda 3 zamonaviy laboratoriya xonalari mavjud. Undan tashqari axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan kompyuter texnikalari bilan jihozlangan 1 ta kompyuter sinfi mavjud bo‘lib, institutning umumiy ichki tarmog‘i va global tarmoqqa ulangan. Ulardan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, iqtidorli talabalar bilan ishlashda foydalanib kelinmoqda.

  • To‘garaklar va klublar: [ Arxetiktoriya hamda chizma geometeriya yo‘nalishari bo‘yicha to‘garaklar faoliyat olib bormoqda .]

Mansurov Muxtorjon Toxirjon ovich  

  Qabul vaqti: Dushanba-Chorshanba-Juma 16:00 dan 18:00 gacha  

  • Telefon:  +998-94 - 159 - 81 - 06  

  • Telegram: +998-94 - 159 - 81 - 06  

  •  Elektron pochta: mtmansurov@gmail.com  

    Mehnat faoliyati  

  • 1995 yil – Namangan viloyati Uychi tumanidagi 11-sonli o‘rta maktabni tamomlagan
  • 1995-1999 yy. – Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi
  • 1999-2001 yy. – Namangan muhandislik-pedagogika instituti magistranti
  • 2001-2008 yy. – Namangan muhandislik-pedagogika instituti umumtexnika fanlari        
                               kafedrasi assistenti,katta o‘qituvchi, dots.nt
  • 2008-2010 yy. – Namangan muhandislik-pedagogika instituti menejment fakulteti dekan     
                                muovini
  • 2010-2011 yy. – Namangan muhandislik-pedagogika instituti mashinasozlik texnologiyasi    
                               kafedrasi  mudiri
  • 2011-2012 yy. – Namangan muhandislik-pedagogika instituti umumtexnika fanlari    
                                kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi
  • 2012-2013 yy. – Namangan muhandislik-pedagogika instituti umumtexnika fanlari    
                                kafedrasi mudiri
  • 2013-2014 yy. – Mingbuloq agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori
  • 2014-2016 yy. – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot     
                                instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi
  • 2017-2019 yy.  – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot  instituti ilmiy    
                                 kadrlar tayyorlash bo‘limi rahbari
  • 2019-2020 yy. – Namangan muhandislik-qurilish instituti ichki nazorat va monitoring    
                                bo‘limi boshlig‘i, transport logistikasi va xizmatlar soxasi kafedrasi    
                                mudiri, mashinasozlik fakulteti dekani
  • 2020-2023 yy.  – Namangan muhandislik-qurilish instituti texnologik mashinalar va    
                                jihozlar kafedrasi mudiri
  • 2023-2025 yy. –  Namangan muhandislik-qurilish instituti “Qurilish” fakulteti dekani
  • 2025 y.-h.v. –      Namangan davlat texnika universiteti “Qurilish” fakulteti dekani
  • 2022 yil O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “FAXRIY    
                   YORLIG‘I” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil    
                  8-noyabrdagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘ZBЕKISTON    
                  KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI”  esdalik nishoni bilan taqdirlangan

image-167image-168image-169