Preloader
Texnologiya

Texnologiya

 Umumiy ma’lumot:

  • Tashkil topgan yili: [2025]
  • Fakultet dekani: [Mallabayev Odiljon Toxirjonovich., k.f.f.d. dotsent]
  • Manzil: [6-Bino]
  • Telefon: [+998942707722]
  • Email: [omallabayev@mail.ru]

 Ta'lim yo'nalishlari (bakalavriat):

  1. [Kimyo muhandisligi] — [60710100]
  2. [Biotexnologiya] — [60710200]
  3. [Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi] — [60710300]
  4. [Oziq-ovqat texnologiyasi] — [60720100]
  5. [Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi] — [60720200]
  6. [Materialshunoslik] — [60720300]
  7. [Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi] — [60720500]
  8. [Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi] — [60720600]
  9. [Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi] — [60720900]
  10. [Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish] — [60810100]
  11. [Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis] — [60810300]
  12. [Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash] — [60810400]
  13. [Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi] — [60810700]
  14. [Suv xoʻjaligi va melioratsiya] — [60811200]
  15. [O‘rmonchilik] — [60820100]
  16. [Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish] — [60820200]

Magistratura mutaxasisliklari:

  1. [Kimyoviy texnologiya70710101]
  2. [Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari - 70710104]
  3. [Oziq-ovqat texnologiyasi70720101]
  4. [Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi70720601]
  5. [Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi70720901]
  6. [Qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalashtirish70810101]
  7. [Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi70810701]
  8. [Manzarali bog‘dorchilik va landshaft70820102]
  9. [O‘simliklar himoyasi va karantini70810501]

 Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

  • Umumiy soni: [110 ta]
  • Shundan:
    • Fan doktorlari, professorlar —  [20 ta]
    • Fan nomzodlari, dotsentlar — [55 ta]
    • Katta o‘qituvchilar va assistentlar — [60 ta]

 Ilmiy faoliyat:

  • Asosiy ilmiy yonalishlar[Bugungi kunda fakultetda keng spektrli va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlar, ayniqsa, kimyo-muhandisligi, kimyo texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohalarida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi va neft va neft gazni qayta ishlash kabi yo‘nalishlardagi ilmiy ishlar ham muhim o‘rin tutadi, chunki ular zamonaviy agrotexnologiyalar va energetika tizimlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Foydali qazilma konlari geologiyasi va qidiruv razvedkasi sohasidagi tadqiqotlar esa, tabiiy resurslarni samarali va iqtisodiy samara bilan foydalanishga yo‘naltirilgan. Bu yo‘nalishlar borasida olib borilayotgan ilmiy ishlarning natijalari nafaqat mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun, balki xalqaro miqyosda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqotlar fakultetning rivojlanish strategiyasiga mos kelib, zamonaviy ilmiy-tadqiqot markazi sifatida tan olingan.]

  • Loyihalar va grantlar: [Fakultetda professor-o‘qituvchilar tomonidan bir qator fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Fundamental loyihalar doirasida, professor-o‘qituvchilar asosan nazariy tadqiqotlar va ilmiy asoslarni yaratishga e’tibor qaratmoqda. Bu loyihalarning maqsadi — mavjud tabiiy va texnik jarayonlarni yanada chuqurroq tushunish, yangi nazariy modellar va prinsiplarni ishlab chiqishdir. Amaliyotga yo‘naltirilgan loyihalar esa, o‘z navbatida, zamonaviy ilmiy nazariy konsepsiyalarni haqiqiy ishlab chiqarish va tadbirkorlik sohalariga qo‘llashga qaratilgan. Ushbu loyihalarda fakultet mutaxassislari o‘z bilimlarini amaliyotga tatbiq etish orqali yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqish, yangilangan materiallar va jarayonlar bo‘yicha tadqiqotlarni olib bormoqda. Innovatsion loyihalar esa, fakultetdagi ilmiy va texnik salohiyatni yuksaltirish, yangi texnologiyalar va qo‘llanmalarni yaratishga qaratilgan. Bu loyihalarning maqsadi – o‘zgarishlarga, yangiliklarga va ijodkorlikka yo‘naltirilgan g‘oyalar va metodikalarni amalga oshirish, shu orqali o‘quv-ilmiy jarayonlarni takomillashtirish, shunchaki jadal rivojlanishga erishish emas, balki yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashdir. Ushbu loyihalarning natijalari fakultetning ilmiy va texnik salohiyatini yanada oshirish va xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlashga yordam beradi. Bugungi kunda fakultetda bajarilishi 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan qiymati 672,0 mln. so’mlik “Markaziy qizilqum fosforitlarini boyitishda hosil bo‘lgan texnogen chiqindilarini qayta ishlash asosida sho‘rlangan tuproqda qo‘llashga mo‘ljallangan suyuq azot-kalsiyli o‘g‘it olish texnologiyasini yaratish”, bajarilishi 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan qiymati 864,0 mln. so’mlik “Xrom qirindilari chiqindila-ridan olingan kollagen gidro-lizatlari qo‘shib qog‘oz va kar-ton tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish”, bajarilishi 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan qiymati 345,9 mln. so’mlik “Poliz ekinlari urug‘larini ekishdan oldin elektrotexnologik usullarda zarasizlantirish texnologiyasini yaratish” mavzularida loyihalar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari qiymati 12,0 mlrd. so’mlik 6 ta loyihalar moliyalashtirish jarayonlarida.       ]

  • Ilmiy jurnallar va to‘plamlar: [Fakultetda ilmiy jurnallar mavjud emas]

 Xalqaro hamkorlik:

  • Hamkor universitetlar:
  • Turkiya EGE universiteti  (Turkiya);
  • Turkiya Karabuk universiteti  (Turkiya);
  • Marmara universiteti (Turkiya);
  • University of Science and Technology of China
  • Kazan federal universiteti (Rossiya);
  • Ural davlat iqtisodiyot universiteti (Rossiya);
  • Saratov davlat texnika universiteti (Rossiya);
  • Belorussiya milliy texnika universiteti (Belorussiya);
  • Belorussiya davlat universiteti (Belorussiya);
  • Osh Qirg’iz-O’zbek universiteti (Qirg’iziston);
  • Osh texnika universiteti (Qirg’iziston);
  • Akademik almashinuv dasturlari: [Akademik almashinuv dasturlari o‘qituvchi va talabalar uchun ilmiy va madaniy tajriba almashish imkoniyatini yaratadigan, fakultetlar va universitetlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi dasturlar hisoblanib, bu dasturlar orqali talabalar o‘z ilmiy salohiyatini oshirib, xalqaro miqyosda o‘z sohasida chuqurroq bilim olish imkoniga ega bo’ladilar. Fakultetda Erasmus+, Fulbright dasturi,  DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) kabi dasturlar bilan akademik almashinuv bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.]


 Talabalarga imkoniyatlar: 

Laboratoriyalar va markazlarOziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi o'quv-laboratoriya korpuslari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan ta'minlanganBiotexnologiyaoziq-ovqat xavfsizligiyog'-moy mahsulotlarigo'sht-sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi yo'nalishlari bo'yicha maxsus laboratoriyalar mavjud bo'libtalabalar amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun mo'ljallanganOziq-ovqat texnologiyasi kafedrasida infratuzilma va moddiy-texnika bazasi viloyatdagi mazkur yonalishdagi talim yonalishlari boyicha yetakchi orinda turadiXususan bugungi kunda kafedrada jamita oquv-ilmiy laboratoriya, 4 ta ishlab chiqarish laboratoriyasi faoliyat yuritib kelmoqda

  • Oziq-ovqat texnologiyasi oquv-ilmiy laboratoriyasi – mazkur laboratoriyada talabalar don va don mahsulotlarini taxlil qilishmeva sabzavotlarni quritish va ularning taxlilioziq-ovqat mahsulotlarini fizik-kimyoviy taxlilllarini olib boradilar.

  • Oziq-ovqat texnologiyasi oquv-ilmiy laboratoriyasi – mazkur laboratoriyada talabalar osimlik moylarini ajratib olish va ularning taxlilioziq-ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibini aniqlashoziq-ovqat mahsulotlarini zamonaviy fizik-kimyoviy taxlilllarini olib boradilar.

  • Oziq-ovqat texnologiyasi oquv-ilmiy laboratoriyasimazkur laboratoriyada talabalar osimlik moylarini ajratib olishgosht va gosht mahsulotlarini texnologiyasinon va konditer mahsulotlarini tayyorlash boyicha organishlar olib boradilar.

  • Oziq-ovqat texnologiyasi ishlab chiqarish laboratoriyasimazkur ishlab chiqarish laboratoriyasida talabalar konservalash texnologiyasikonservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi boyicha oz konikmalariga ega boladilar

  • Oziq-ovqat texnologiyasi ishlab chiqarish laboratoriyasi- mazkur ishlab chiqarish laboratoriyasida talabalar meva sabzavotlarni quritish, meva sabzavotlarini saqlash va qadoqlash bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ladilar. 

  • Oziq-ovqat texnologiyasi ishlab chiqarish laboratoriyasi- mazkur ishlab chiqarish laboratoriyasida talabalar non, konditer va makaron mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi va ishlab chiqarish bo’yicha o’z ko’nikmalariga ega bo’ladilar. 

  • Oziq-ovqat texnologiyasi ishlab chiqarish laboratoriyasi- mazkur ishlab chiqarish laboratoriyasida talabalar sut va sut mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi va ishlab chiqarish bo’yicha o’z ko’nikmalariga ega bo’ladilar. 

Kimyo kafedrasining o‘quv-ilmiy laboratoriyasi 2017 yilda tashkil qilingan. Laboratoriya universitetda tehsil oladigan bakalavr yo‘nalishi talabalariga kimyo fanlari bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish va oliy ta‘limdan keyingi ta’lim ishtirokchilari (doktorant, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilar)ning ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadi. talabalar amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun mo'ljallangan. Kimyo kafedrasida infratuzilma va moddiy-texnika bazasi viloyatdagi mazkur yo’nalishdagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha yetakchi o’rinda turadi. Xususan bugungi kunda kafedrada jami 3 ta o’quv-ilmiy laboratoriya faoliyat yuritib kelmoqda. 

  • KImyo o’quv laboratoriyasi – mazkur laboratoriyada talabalar Kimyo, analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, hamda organik kimyo fanlari bo‘yicha tajbilarni o’tkzish, moddalar va ularning taxlili, turli xil moddalar tozalik darajalarini tekshirishda ularning fizik-kimyoviy taxlilllarini olib boradilar.

  • Kimy ilmiy laboratoriyasi – mazkur laboratoriyada oliy ta‘limdan keyingi ta’lim ishtirokchilari (doktorant, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilar) gidrogel, vinilefiraleri sintezi, pectin hamda kumushli organik komplekslar sintezi va ularning taxlili, namunalar kimyoviy tarkibini aniqlash, namunalarni tekshirish uchun zamonaviy fizik-kimyoviy taxlilllarini olib boradilar.

Kimyo muhandisligi kafedrasi o‘quv-laboratoriya korpuslari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan ta'minlangan. Kafedrada o‘quv jarayoni bilan birga “Mineral va biorganomineneral o‘g‘itlar”, “Mikroelementli mineral o‘g‘itlar”, “Silikat materillar”, “Noorganik moddalar”, “Elektrokimyo”, “Xom ashyo materillari va ularni boyitish”, “Xromatografik taxlil”, “Yuqori molekulyar birikmalar”,  “Matba va qadoqlash” laboratoriya  xonasi mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar laboratoriya mashg‘ulotlar o'tkazish uchun mo‘ljallangan. Kimyo muhandisligi kafedrasida infratuzilma va moddiy-texnika bazasi viloyatdagi mazkur yo’nalishdagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi. Xususan bugungi kunda kafedrada jami 8 ta o‘quv-ilmiy laboratoriya, 2 ta ishlab chiqarish laboratoriyasi faoliyat yuritib kelmoqda. 

 

  • Kimyo muhandisligi  o‘quv-ilmiy laboratoriyasi – mazkur laboratoriyada talabalarga Mineral va biorganomineneral o‘g‘itlar, Xom ashyo materillari va ularni boyitish taxlil qilish, olingan o‘g‘itlarni fizik-kimyoviy taxlilllarini amalga oshiradilar

  • Kimyo muhandisligi  o‘quv-ilmiy laboratoriyasi – mazkur laboratoriyada talabalarga Noorganik moddalar, Yuqori molekulyar birikmalar, Xromatografik taxlil, Elektrokimyo taxlil qilish takibi fizik kimyoviy xususiyati maxsulot tarkibi tuzilishini o‘rganishlar olib boriladi

  • Kimyo muhandisligi  o‘quv-ilmiy laboratoriyasi –Matbaa va qadoqlash laboratoriyasi mazkur laboratoriyada talabalarga — bu bosma mahsulotlar (yorliqlar, qadoqlar, bukletlar, afishalar, gazetalar va h.k.) hamda qadoqlash materiallarining sifatini tekshiradigan, tahlil qiladigan va ularni ishlab chiqish jarayonini nazorat qiladigan maxsus laboratoriya xisoblanadi

  • Kimyo muhandisligi  ishlab chiqarish laboratoriyasi- mazkur ishlab chiqarish laboratoriyasida talabalarga kimyoviy jarayonlarni sanoat miqyosida xavfsiz, samarali va iqtisodiy jihatdan foydali qilishdir. U ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan reaksiya, issiqlik va massa almashinuvi, aralashtirish, distillatsiya, filtrlash, quritish, kataliz kabi jarayonlarni o‘rganadi

Qishloq xо‘jaligi muxandisligi kafedrasi о‘quv-laboratoriya korpuslari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan ta’minlangan. О‘simliklar biotexnologiyasi, qayta ishlash, mexanizatsiya yо‘nalishlari bо‘yicha maxsus laboratoriyalar mavjud bо‘lib, talabalar amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazish uchun mо‘ljallangan. Qishloq xо‘jaligi muxandisligi kafedrasida infratuzilma va moddiy-texnika bazasi viloyatdagi mazkur yо‘nalishdagi ta’lim soxalari bо‘yicha yetakchi о‘rinda turadi. Xususan bugungi kunda kafedrada jami 3 ta о‘quv-ilmiy laboratoriya, 1 ta ishlab chiqarish laboratoriyasi faoliyat yuritib kelmoqda. 

  • Qishloq xо‘jaligi muxandisligi kafedrasiningо‘simliklar biotexnologiyasi о‘quv-ilmiy laboratoriyasi – mazkur laboratoriyada talabalar О‘simlpklarni apikal meristemasidan va о‘simlik urug‘laridan in vitro laboratoriyasining ozuqa muxit sharoitida о‘stirish va yetishtirish texnologiyalarini amalga oshirishadi. О‘shbu laboratoriyada asosan О‘zbekiston genofondida mavjud bо‘lmagan manzarali daraxt va gullarni yetishtirish bо‘yicha tadqiqotlar amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bakalavr, magistrant va doktarantlar ushbu laboratoriyada о‘z faoliyatlarini olib borishadi. Bakalavryaturadagi talabalar amaliy mashg‘ulot darslarini ushbu laboratoriyada olib borildi.

  • Qishloq xо‘jaligi muxandisligi kafedrasi qoshidagi qayta ishlash о‘quv-ilmiy laboratoriyasi – mazkur laboratoriyada talabalar dorivor о‘simliklarni qayta ishlash va qadoqlash bо‘yicha tadqiqot ishlarini olib borishadi. Shu bilan birga ushbu laboratoriyada ham bakalavr, magistrant va doktarantlar ushbu laboratoriyada о‘z faoliyatlarini olib borishadi. Bakalavryaturadagi talabalar amaliy mashg‘ulot darslarini ushbu laboratoriyada olib borildi.

  • Qishloq xо‘jaligi muxandisligi kafedrasi qoshidagi о‘quv-ilmiy laboratoriyasi - mazkur laboratoriyada talabalar qishloq xо‘jaligi transport vositalari va agrotexnikalari bilan tanishishadi va ilmiy tadqiqotchilar bevosita tadiqot ishlarini amalga oshirishadi.

  • Qishloq xо‘jaligi muxandisligi kafedrasi qoshidagi ishlab chiqarish laboratoriyasi- mazkur ishlab chiqarish laboratoriyasida talabalar konserva maxsulotlarini ishlab chiqarishda va konservalash texnologiyasini о‘rganishadi va ishlab chiqarishadi

To‘garaklar va klublar: Pazandachilik mahorati to‘garagi. To‘garakning asosiy maqsadi va vazifasi talabalarda larda milliy va jahon taomlarini tayyorlash bo‘yicha ko‘nikma, qiziqish va ijodkorlikni rivojlantirish, pazandachilik san’ati sirlarini o‘rgatish. Milliy taomlar retseptlari, ularning tarixiy kelib chiqishi bilan tanishtirish. Taom tayyorlash bosqichlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishni o‘rgatish. Mahalliy mahsulotlardan samarali foydalanish, tejamkorlik va to‘g‘ri saqlash usullarini tushuntirish. Talabalarda mustaqil ishlash, jamoaviy mehnat va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat. To’garak haftada 2 marotaba tashkil etiladi.  To’garak rahbarlari sifatida kafedraning yetakchi professor-o’qituvchilari biriktirilgan. Hozirda mazkur to’garakda 100 dan ortiq ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtiroki ta’minlangan. 

 

Yosh kimyogar to‘garagiTo‘garakning asosiy maqsadi va vazifasi talabalardalarda kimyo fanlari bo‘yicha ko‘nikma, qiziqish va ijodkorlikni rivojlantirish. Texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va amal qilishni o‘rgatish. Mahalliy mahsulotlardan samarali foydalanish, tejamkorlik va to‘g‘ri saqlash usullarini tushuntirish. Talabalarda mustaqil ishlash, jamoaviy mehnat va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat. To’garak haftada 2 marotaba tashkil etiladi. To’garak rahbarlari sifatida kafedraning yetakchi professor-o’qituvchilari biriktirilgan. Hozirda mazkur to’garakda 50 dan ortiq ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtiroki ta’minlangan. 

          Yosh muhandis kimyogarlar 

Kimyo muhandisligi kafedrasida yosh muhandislar to‘garagi faoliyat olib bormoqda

To‘garakning asosiy maqsadi va vazifasi talabalarda larda muhandis texnologlar tayyorlash bo‘yicha ko‘nikma, qiziqish va ijodkorlikni rivojlantirish, To‘garak haftada 2 marotaba tashkil etiladi.  To‘garak rahbarlari sifatida kafedraning yetakchi professor-o’qituvchilari biriktirilgan. Hozirda mazkur to’garakda 60 dan ortiq ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtiroki ta’minlangan. 

            Noyob gullar yetishtirish texnologiyasi tо‘garagi

Tо‘garakning asosiy maqsadi va vazifasi talabalarda noananaviy gullar va manzarali daraxtlarni yetishtirish texnologiyasini о‘rganishadi. Talabalarda mustaqil ishlash, jamoaviy mehnat va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat. Tо‘garak haftada 2 marotaba tashkil etiladi. Tо‘garak rahbarlari sifatida kafedraning yetakchi professor-о‘qituvchilari biriktirilgan. Hozirda mazkur tо‘garakda 50 dan ortiq ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtiroki ta’minlangan. 

 

 Amaliyot bazalari: Bugungi kunda Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi tomonidan talabalarning amaliyotlarini olib borish hamda dual ta’limni tashkil etish bo’yicha “Namangandon mahsulotlari AJ”, “Chortoq Mineral Water” MCHJ, “Namangan tola-tekstil” MCHJ, “Namangan viloyat standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi”, “Uchqo’rg’ondonmahsulotlari” AJ, “Uchqo’rg’on yog’” AJ, “Asadbek g’isht sanoati” MCHJ, “Popdonmahsulotlari”AJ, Baliqchi tumani “Usta Abdug’ani” MCHJ (Sutni qayta ishlash korxonasi), “EVRO PRINT” MCHJ, “Qo’qon don mahsulotlari” AJ, “Norin tuman SEOVJSX”, “Davlatobod tuman SEOVJSX”, “Yangiqo’rgon Agroinvest” MCHJ, “Zam-zam sanoat” MCHJ, “Do’stlik parranda sanoat” MCHJ, “IQBOLJON SUV” MCHJ, “Qo’qon don mahsulotlari” AJ, "Coca-cola ichimligi Uzbekistan LTD." qo'shma korxnasi, “Orden Perfekto” MCHJ, “Laylo sof savdo” MCHJ non, makaron va qandolat mahsulotlari, “Abduraxmon Asqarovich”MCHJ, “Uchqo’rg’on tumani SEOM”, Mingbuloq “Mujassam savdo” korxonasi, “Namangan Sharbat” MChJ, “Kosonsoy chashmai safed” FX kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Bugungi kunda Kimyo kafedrasi tomonidan talabalarning amaliyotlarini olib borish hamda dual ta’limni tashkil etish bo’yicha “MERRYMED FARM MCHJ”, kabi yirik ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

“Ifoda agro kimyo himoya” MJCH, JSC «Indorama Kokand fertilizersand chemicals», “MEGATON” MCHJ, UzTEST DM (“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati” Namangan filiali), “OʻzMMI” DK (O‘zbekiston milliy metrologiya instituti DM), Artsoft ilmiy markaz, “MERRY MED FARM” MCHJ, “To’raqo’rg’on neft baza” MChJ, “Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi”, OKMK “Chodak kon boshqarmasi” “Leasing bonus” MChJ, “NamTovel” MChJ, “Marjon plast” MChJ, “Nam Tovel” MChJ, “Namangan sement” MChJ, “Bolalar o’yinchog’i ‘” MChJ, “Piramida o’yinchoqlari ‘” MChJ, “Etalon TBM” MChJ, “Limapoliplast” MChJ, “Ideal-Oil Trade” MChJ, “Reactive experience” MChJ, “NAMANGAN POLIGRAF PRESS”MChJ, “POLIGRAF EXTRA” MChJ, “POLIGRAF EXTRA” MChJ, “MUHANDIS NOSHIR” MChJ, “Tepasaroy agro tomchi” MChJ, “Botir Muhamadali” MChJ, kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Bugungi kunda Qishloq xо‘jaligi muhandisligi kafedrasi tomonidan talabalarning amaliyotlarini olib borish hamda dual ta’limni tashkil etish bо‘yicha “Namanganyо‘lkо‘kalam”davlat muassasasi, “Namangan Gulchilikni rivojlantirish markazi”, “Ekologiya qо‘mitasi”, “Namangan obadonlashtirish tashkiloti”, “Ifoda MCHJ”, “Namangan qishloq xо‘jaligi boshqarmasi”, “Namangan fermer xо‘jaligi uyushmasi”, Vodiylagi 30 ta fermer xо‘jaliklari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan