
Transport
Namangan davlat texnika universiteti “Transport” fakulteti dekani
Turdaliyev Voxidjon Maxsudovich
Qabul vaqti: Dushanba-shanba 14:00 dan 16:00 gacha
Telefon: +998 97-335-93-39
Elektron pochta: vox-171181@mail.ru
Mehnat faoliyati
- 1998-2002 yy. - Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi
- 2002-2004 yy. - Namangan muhandislik-pedagogika instituti magistranti
- 2004-2006 yy. - Namangan muhandislik-pedagogika instituti umumtexnika fanlari kafedrasi assistenti
- 2006-2009 yy. - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti aspiranti
- 2009-2012 yy. - Namangan muhandislik-pedagogika instituti umumtexnika fanlari kafedrasi assistenti
- 2012-2014 yy. - Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasbiy ta’lim (qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) kafedrasi katta o‘qituvchisi
- 2014-2016yy. - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instiuti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi
- 2017-2017 yy. - Namangan muhandislik-pedagogika instituti kasbiy ta’limi (qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) kafedrasi mudiri
- 2017-2019 yy - Namangan muhandislik-qurilish instituti qishloq xo‘jaligi transporti tizimlari kafedrasi mudiri
- 2019-2019 yy- Namangan muhandislik-qurilish instituti Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri
- 2019-2023 yy- Namangan muhandislik-qurilish instituti Umumtexnika fanlari kafedrasi professori
- 2023-2024 yy- Namangan muhandislik-qurilish instituti Sirtqi bo‘lim boshlig‘i
- 2024-2025 yy-Namangan muhandislik-qurilish institutida Transport fakulteti dekani
2025-h/v- Namangan davlat texnika universiteti Transport fakulteti dekani
Umumiy ma’lumot:
- Tashkil topgan yili: 2003
- Fakultet dekani: Turdaliyev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, professor
- Manzil: Namangan shahar, Yangi Namangan tumani, 8 mart ko‘chas,i 6ª uy, NamDTU 17-o’quv binosi
- Telefon: +998 97 3359339]
- Email: vox-171181@mail.ru
- Rasmiy veb-sayt: mavjud emas
Ta'lim yo'nalishlari (bakalavriat):
- Transport vositalari muhandisligi (avtomobil muhandisligi bo‘yicha) — 60711400
- Yo'l harakatini tashkil etish (Avtomobil transportida) — 61040200
- Yo'l muhandisligi (Avtomobil yo'llari ekspluatatsiyasi) — 60730500
- Barqaror transport — 60711900
- Logistika] — 61010400
Magistratura mutaxasisliklari:
- 71040201- Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish (Avtomobil transportida harakat xavfsizligi va uni tashkil etish bo‘yicha)
- 70711401– Transport vositalari muhandisligi
- 70711407 - Intellektual transport tizimlari
- 71010402- Transport logistikasi (Avtomobil transporti)
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
- Umumiy soni: 66 ta
- Shundan:
- Fan doktorlari, professorlar — 5 ta
- Fan nomzodlari, dotsentlar — 31 ta
- Katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar — 30 ta
Ilmiy faoliyat:
Asosiy ilmiy yo‘nalishlar: Fakultetda 2 ta yo‘nalish bo‘yicha 1 ta xalqaro va 3 ta respublika doirasidagi loyiha ustida tadqiqotlar olib borilmoqda
Loyihalar va grantlar:
O‘zbekiston-Belarus hamkorligi doirasida FL-8824063389-sonli Yangi kompozision past chastotali yumshoq magnit materiallarning tuzilishi va fizik xususiyatlariga sintez sharoitlarining ta’sirini o‘rganish
Namangan shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish
Yer osti suvlari yaqin bo‘lgan xududlardan o‘tgan ta’mirtalab avtomobil yo‘llarini innovasion usulda joriy ta’mirlash
Sanoat chiqindilari asosida yaratilgan yangi asfaltbeton qoplamasi
Ilmiy jurnallar va to‘plamlar: Fakultetda “Ilm, tadqiqot vа tаraqqiyot” (Scientific Journal of Science, Research and Development, ISSN 3060-5148 nomli Namangan davlat texnika universitetining ilmiy jurnali faoliyat olib bormoqda. Ushbu jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 25-avgust 2025 yildagi №374/5-sonli qaroriga asosan texnika fanlari bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy jurnallar qatoriga kiritilgan
Xalqaro hamkorlik:
- Hamkor universitetlar:
- “Qozon Federal universiteti” — Rossiya
- “Belarus milliy texnika universiteti” — Belarusiya
Fakultetimiz xalqaro hamkorlik va innovasion ta’lim modeli asosida rivojlanmoqda. Shu bois xalqaro tajribaga ega universitetlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyormiz.
- Akademik almashinuv dasturlari: Sankt-Peturburg politexnika universiteti
Talabalarga imkoniyatlar:
Laboratoriyalar va markazlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevral kuni Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasini boshqarish kengashining 2023-yil 22-fevraldagi 1-son bayoni va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 22-fevraldagi 30-sonli buyrug‘iga binoan Universitetning Transport fakultetida “Bionika” laboratoriyasi tashkil etilgan.
To‘garaklar va klublar: 1. Kelajak avtomobilchisi- to‘garagiga rahbar etib Transport muhandisligi kafedra mudiri Z.Munavvarxonov, kafedra datsentlari S.Imomnazarov va A.Xamzayevlar tayinlangan
2. Yo‘l posponlari- to‘garagiga rahbar etib Yo‘l harakati xavsizligi kafedrasi datsenti A.Eshanboboyev tayinlangan
3.Yosh avtomobilchilar to‘garagiga rahbar etib Logistika kafedrasi katta o’qituvchisi U.Xidirov tayinlangan
4. Muxandis yo'lchilar to'garagi raxbari etib Avtomobil yo’llari kafedrasi o’qituvchisi I. Habibullayev tayinlangan
Amaliyot bazalari: 1. O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan shahar O‘STK
2. Namangan shahrida joylashgan “Yosinbek Transservis”
3. Namangan yo‘l xo‘jaligi xodimlari malakasini oshirish o‘quv markazi
- 4. Qamchiq avtoyo’l korxonasi
- 5. Namangan viloyati IIB JXD YXHB
- 6. Namangan viloyati Turon-95 MCHJ
- 7. Logistika markazi

