Preloader
Transport muhandisligi kafedrasi

Transport muhandisligi kafedrasi

1. Umumiy ma’lumotlar

  • Kafedra nomi (rasmiy):   Transport muhandisligi
  • Fakultet tarkibida:     Transport
  • Tashkil topgan yili:  1988-yil, Mexanika fakulteti negizida “Shahar avtomobil transportini ekspluatatsiyasi va ta’miri” nomi bilan tashkil etilgan
  • Joylashuvi (binosi, xonasi): Namangan shaxar 8-mart ko’cha 6A-uy, 17-bino
  • Elektron pochta: zokirxon-1@mail.ru
  • Telefon raqami:+998996942121
  • Rasmiy veb-sahifasi (agar mavjud bo‘lsa): mavjud emas

2. Kafedra rahbariyati

  • Kafedra mudiri: Munavvarxonov Zokirxon Toxirxon o‘g‘li
  • Kafedra mudiri yordamchisi (agar mavjud bo‘lsa):  -
  • Ilmiy kotib (agar mavjud bo‘lsa):  -
  • Mas’ul o‘qituvchilar (yo‘nalishlar bo‘yicha): Imomnazarov Sarvar Qobiljonovich, Shotmonov Davron Samarbekovich

3. Kafedraning maqsad va vazifalari

Kafedraning asosiy vazifalari:

Ta’limiy vazifalar:

  • Transport vositalari muhandisligi yo‘nalishidagi bakalavr va magistrlar uchun sifatli o‘quv jarayonini tashkil etish.

  • Fanlar bo‘yicha ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish.

  • O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar va elektron resurslarni ishlab chiqish va yangilab borish.

 

Ilmiy-tadqiqot faoliyati:

  • Transport tizimlari samaradorligini oshirish, energiya tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyalarni tadqiq qilish.

  • Talabalar va magistrantlarni ilmiy ishlar, innovatsion loyihalar hamda startaplarda faol ishtirok etishiga sharoit yaratish.

  • Mahalliy korxonalar bilan hamkorlikda amaliy tadqiqotlar olib borish.

4. O‘quv faoliyati

4.1 O‘qitiladigan fanlar ro‘yxati

Bakalavriat bosqichi:

  1. Avtomobil muhandisligiga kirish

  2. Avtomobillar konstruksiyasi

  3. Transport energetik qurilmalari

  4. Yo‘l harakati qoidalari va avtomobilni amali boshqarish

  5. Avtotransport vositalarini diagnostikalash

  6. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi

  7. Elertromobillarni texnik ekspluatatsiyasi va servis

  8. Ichki yonuv dvigatellari

  9. Avtomobillarni ishlab chiqarish va ta’mirlash texnologiyasi asoslari

  10. Elektromobil va gibrid transport vositalari

  11. Avtomobil nazariyasi

  12. Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari

  13. Maxsus, gibrid transport vositalari va elektromobillar

  14. Transport vositalari detalalri ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyasi

  15. Avtoservis korxonalarini loyihalash asoslari

  16. Texnik tizimlarni boshqarish

  17. Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari

  18. Avtomobilni ishlab chiqarish va ta’mirlash

  19. Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsiyon materiallar

  20. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi

  21. Transport vositalarini ish jarayoni

  22. Avtotransportda telematika

  23. Avtotransport tarmog‘i korxonalarini loyixalash asoslari

  24. Transport vositalari va tizimlarning ishonchliligi

Magistratura bosqichi:

  1. Avtomobil transport vositalari va uni texnik ekspluatatsiyasining istiqbolli rivojlanishi

  2.  Texnologik jarayonni boshqarish va eksperimentlarni rejalashtirish

  3. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

  4. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining me’yorlarini aniqlash usullari

  5. Avtomobil transportida moddiy texnik ta’minot va resurslarni tejash

  6. Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatsiyalash

  7. Transport vositalarini makromodellashtirish

  8. Avtotransport korxonalarini ishlab chiqarish texnik bazasini takomillashtirish

  9. Avtotransport korxonalarini takomillashtirish loyihasi

  10. Avtomobillar datchiklari va boshqarish tizimlari

  11. Elertromobillarni texnik ekspluatatsiyasi va servis

4.2 O‘quv rejalari va dasturlar 

5. Kafedra tarkibi

F.I.Sh.

Lavozimi

Ilmiy daraja/unvon 

Mutaxassislik

  1.  

Munavvarxonov Zokirxon

Toxirxon o‘g‘li

Kafedra mudiri dotsent

PhD

Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash
  1.  
Polvonov Abdujalil Sattorovich

Professor

PhD

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
  1.  
Soliyev Rustamjon Xakimjonovich

Professor

DsC

Transport vositalarini ishlatish va ta‘mirlash
  1.  
Mannonov Jaxongir Adashboyevich

Dotsent

PhD

Kasb ta’limi Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash
  1.  
Xamzayev Asrorxon Akmalxonovich

Dotsent

PhD

Kasb ta’limi (Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash)
  1.  
Mamajanov Shavkat Olimjonovich

Dotsent

PhD

Kasb ta’limitransport vositalarini ishlatish va ta‘mirlash
  1.  
Shodmonov Davron Samarbekovich

Dotsent

PhD

Kasb ta’limitransport vositalarini ishlatish va ta‘mirlash
  1.  
Valiyeva Gulshan Fayzimurodovna

Dotsent

PhD

Transport vositalarini ishlatish va ta‘mirlash
  1.  
Razokov Alisher Yakubjanovich

Dotsent

PhD

Kasb ta’limitransport vositalarini ishlatish va ta‘mirlash
  1.  
Abdullajonov Asror Abdurahmon o‘g‘li

Dotsent

PhD

Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash
  1.  
Imomnazarov Sarvar Qoviljonovich

Dotsent

PhD

Xizmatlar sohasi (Avtotransport)
  1.  
Alixonov Abrorxon A’zamxon o‘g‘li 

Katta o’qituvchi

PhD

Xizmatlar sohasi (Avtotransport)
  1.  
Mahmudov Avazbek Akramjon o‘g‘li

O‘qituvchi

-

Transport vositalari ekspluatatsiyasi
  1.  
Nishonov Farhod Elmurod o‘g‘li

O‘qituvchi

-

Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi
  1.  
Sulaymonov Dostonbek Saloxiddin o‘g‘li

O‘qituvchi

-

Transport vositalari ekspluatatsiyasi
  • Xodimlar soni (jami):18 ta
    • Professor-o‘qituvchilar:   15ta
    • Ilmiy darajaga ega:  12ta (80%)
    • Stajyorlar:  3ta

6. Ilmiy-tadqiqot faoliyati

Kafedra ilmiy sohada ham talaygina ishlarni amalga oshirib kelmoqda. So‘nggi qisqa muddat ichida kafedra a’zolari tomonidan 6 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma, 15 ta monografiya, 8 ta mualliflik guvohnamalari, 100 dan ortiq ilmiy maqola, 130 dan ortiq xalqaro ilmiy maqola, 70 dan ortiq xalqaro konferensiyalarda 200 dan ortiq Respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda tezislar tayyorlangan. 

Kafedraning Respeblikamizdagi boshqa bir nechta oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy aloqa o‘rnatgan. Kafedrada 50 dan ortiq iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilingan. Keyingi 3 yil davomida talabalarning 100 dan ortiq ilmiy maqolalari ilmiy to‘plamlarda chop etildi.

Kafedramiz o‘qituvchilari Nishonov Farxodjon ilmiy rahbari Bobomatov Abdug‘ani Xusainovich qo‘l ostida 05.02.04 - Standartlashtirish va maxsulotlar sifatini boshqarish yo’nalishi bo’yicha « O‘simlik moyi ishlab chiqarish qurilmasining maxsulot sifatiga ta’sir etuvchi konstruktiv parametrlarini aniqlash va asoslash » mavzusida ilmiy ish olib bormoqda, hamda Mahmudov Avazbek ilmiy rahbari DsC Makarova Irina Viktorovna “Повышение уровня безопасности дорожного движения с использованием методов анализа данных и имитационного моделирования (на примере в городе наманган Республики Узбекистан)” mavzusida ilmiy ish olib borilmoqda.

7. Xalqaro hamkorlik

Transport muhandisligi kafedrasi xorijiy xamkorlari: Rossiya Federatsiyasi Qozon Federal Universiteti, "КАМАЗ" - "Kamskiy Avtomobil Zavodi”,Sank-Peterburg shahridagi Petr Velikiy nomidagi Politexnika Universiteti.

8. Talabalar bilan ishlash

“Kelajak avtomobilchisi” to‘garagi ochilgan , To’garak rahbari etib kafedra mudiri Z. Munavvarxonov, kafedra datsentlari S. Imomnazarov va A.Xamzayevlar tayinlangan, To‘garak mashg’ulotlarini o‘tkazish 17-bino avtomobillar ustaxonasidas olib borilmoqda.

9. Infratuzilma va moddiy-texnika bazasi

Transport muhandisligi kafedrasi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan o’quv xonalari, so’ngi rusumdagi avtomobillarga doir laboratoriya jihozlari va avtomobillar tamirlash ustaxonalari mavjud.

         Yuqodidagi fikirning tasdiqi sifatida 2024-yilda qarim 150 000 Aqish dollor qiymatidagi eng so’rgi avtomobil va elektromobil o’quv laboratoriya uskunalari olib kelindi. Ushbu laboratoriya stendlaridan o’quv jarayonlariga keng qo’llanilmoqda.

10. Kafedraning yutuqlari va erishgan natijalari

Kafedra tashkil bo‘lgan davrdan boshlab, shu kunga qadar kafedra a’zolari tomonidan 1200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ish va ilmiy maqola hamda 80 dan ortqi darslik va o‘quv-qo‘llanmalar chop ettirib kelinmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida talabalar xalqaro, Respublika fan olimpiadalari va ko‘ik-tanlovlarida faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.

Kafedra tomonidan 2024-yil 23-24 fevral kuni “Farg‘ona vodiysida xavfsiz harakatlanishni tahminlash: muammo va yechimlar” mavzusida vazirlik miqyosida konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada Respublika-mizdagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan professor-o‘qituvchilarining 300 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etildi.

11. Kafedraning istiqboldagi rejalar

Kafedraning istiqboldagi asosiy maqsadi — transport sohasi uchun raqobatbardosh, innovatsion fikrlaydigan, texnologik jarayonlarni boshqara oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish bilan integratsiyani chuqurlashtirishdir.

  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv dasturlarni joriy etish.

  • O‘quv rejalari va fan dasturlarini xalqaro standartlarga (ABET, EUR-ACE) moslashtirish.

  • O‘quv jarayonida raqamli ta’lim platformalari, 3D-modellashtirish va virtual laboratoriyalardan keng foydalanish.

  • Chet tillarida o‘qitiladigan fanlar sonini ko‘paytirish va xorijiy adabiyotlardan foydalanishni kengaytirish.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish:

  • Transport tizimlari samaradorligini oshirish, energiya tejamkor va ekologik xavfsiz texnologiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

  • Ilmiy maqolalarni xalqaro nufuzli jurnallarda chop etish sonini oshirish.

  • Talabalar va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

  • Ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy o‘lchov va diagnostika asboblari bilan jihozlash.

Ishlab chiqarish va soha bilan integratsiya:

  • Transport korxonalari, servis markazlari, avtomobilsozlik zavodlari bilan hamkorlik memorandumlarini kengaytirish.

  • Talabalarning amaliyot va dual ta’lim tizimi asosida o‘qishini yo‘lga qo‘yish.

  • Ishlab chiqarishdagi ilg‘or tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish.

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish:

  • Chet el universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree) yaratish.

  • Xorijiy professorlar ishtirokida mahorat darslari, onlayn seminarlar va treninglar o‘tkazish.

  • Talaba va o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlarini joriy etish (Erasmus+, DAAD, Mevlana va boshqalar).