Preloader

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

image-268.png

Bo’lim boshlig’i

ERGASHEV ISLOMJON 

Tel.: +998 88 688 80 81

Fax:  +998 69 234 29 63

E-mail: islam.ergashev2016@gmail.com

              

 

Xalqaro hamkorlik bo‘limi universitetning tashqi aloqalarini muvofiqlashtirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash institutlari bilan o‘zaro foydali hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Bo’limning maqsadi: 

Bugungi kunda xalqaro standartlarga mos o‘quv jarayonining so‘nggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. Shu munosabat bilan Xalqaro hamkorlik bo‘limi universitet bilan dunyoning boshqa ta’lim muassasalari o‘rtasida do‘stona, madaniy, o‘quv va ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatish va ularni takomillashtirib boradi. Shuningdek, u professor-o‘qituvchilarning xorijda malakasini oshirish bo’yicha stajirovkalar va qisqa muddatli o‘quv kurslari va talabalarning almashinuv dasturlari bo‘yicha YUNESCO, 
“El-yurt umidi” Jamg‘armasi, Yevropa Ittifoqi va boshqa ko‘plab davlatlar tomonidan e’lon qilinadigan grant va stipendiyali dasturlarda qatnashish borasida maslahatlar beradi. 

Bo‘limning vazifalari: 

• universitet tomonidan xorijiy universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o’rnatilgan aloqalarni, jumladan, shartnoma, kelishuv, memorandumlar ijrosini ta’minlash; 

• xorijiy mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni universitetga tashrifini tashkil qilish; 

• ta’lim va o‘quv jarayonini takomillashtirish, zamonaviy xalqaro standartlarga mos dasturlarni joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

• professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, izlanuvchilar va talabalarning xorijiy grant va stipendiya dasturlarida ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning loyihalarda qatnashishiga ko‘maklashish hamda grant hujjatlarini tayyorlashda maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish;

• professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilarning xorijiy safarlari, stajirovka va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etishlari uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berish hamda tegishli tavsiyalar tayyorlash;

• universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, ilmiy xodimlari va talabalarning xalqaro grant loyihalari, ta’lim fondlari hamda turli xalqaro ilmiy dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ma’lumot berish va ularni rag‘batlantirish; 

• O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus, elchixonalar, xalqaro tashkilotlar va ularning vakolatxonalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mustahkamlash hamda universitetning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish;   

• universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish va ta’lim sifatini xalqaro darajaga ko‘tarishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni ilgari surish.

Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Erasmus dasturlari doirasida universitet professor-o‘qituvchilari Yevropaning nufuzli universitetlarida malaka oshirish va ilmiy izlanishlar olib borish, talabalar esa xorijda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bundan tashqari, universitetning xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qator ikki tomonlama kelishuvlar va memorandumlar imzolashga erishildi. Hozirgi kunda ushbu hamkor universitetlar bilan qizg‘in hamkorlik faoliyati olib borilmoqda.

So‘nggi yillarda Erasmus Mundus dasturining TIMUR hamda Erasmus+ loyihalari doirasida Ispaniyaning Granada universiteti, Chexiyaning Tabiiy fanlar universiteti, Avstriyaning Vena Tabiiy fanlar universiteti, Germaniyaning Hoenhaym universiteti, Shvetsiyaning Qishloq xo‘jaligi universiteti, Sloveniyaning Lyublyana universiteti, Italiyaning Bolonya universitetlarida universitetning 50 dan ortiq professor-o‘qituvchilari malaka oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borgan bo‘lsalar, 20 dan ortiq talabalar esa turli muddatlarda xorijda tahsil olishgan.

Hozirda esa Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan bu kabi xalqaro loyihalar doirasida hamkorlikni kengaytirish va ularning ishtirokchilari sonini oshirish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunga kelib, universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limi quyidagi mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan memorandumlar, kelishuvlar va hamkorlik shartnomalarini imzolashga erishgan:

BUYUK BRITANIYA 
            Norvich til ta’limi instituti

BELARUS RESPUBLIKASI

Vitebsk davlat texnologiya universiteti

Belarus milliy texnika universiteti

Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti

Belorussiya davlat texnologiya universiteti

Belarus davlat agrar texnologiya universiteti

CHEXIYA RESPUBLIKASI 
            Praga xalqaro tabiiy fanlar universiteti 

FRANSIYA 
            Xalqaro fermerlar dialog instituti

HINDISTON

Swami Vivekanand Subharti universiteti

K.R.Mangalam universiteti

Graphic Era Deemed to be universiteti

Mumbai universiteti 

ISPANIYA 
            Granada universiteti (Erasmus+ dasturi doirasida)    

ITALIYA 
            Reggio Kalabria universiteti

Salento universiteti

Bolonya universtieti

MALAYZIYA

 Malaya universiteti

Mara texnologiya universiteti

INTI xalqaro universiteti

JANUBIY KOREYA 
            Kyungvon universtieti

            Woosong universiteti

            Songgok universiteti

POLSHA 
            Poznan universiteti 
            Kalisia universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 
            Mari Kyuri universtiteti

            Pomorskish universiteti

QIRG‘IZISTON 
            Qirg‘iz-Turk Manas universiteti

            Batken davlat universiteti

            K.Sh.Toshmamatova nomidagi xalqaro universiteti

            I.Razzaqov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universiteti

            M.Adisheva nomidagi Osh texnologiya universiteti

            Bishkek davlat universiteti

ROSSIYA FEDERATSIYASI 

Novosibirsk davlat texnika universiteti 

Novosibirsk davlat arxitektura-qurilish universiteti

Petrozavodsk davlat universiteti 

P.A.Kostichev nomidagi Ryazan davlat agrotexnologik universiteti 

Qozon davlat agrar universiteti

M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy Arktik federal universiteti

Janubiy-Ural davlat universiteti

Qozon Federal universiteti

QOZOG‘ISTON 
            A.Kuatbekova nomidagi xalqlar do‘stligi universiteti

M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti

Karaganda universiteti

Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti  
SLOVENIYA 
            Lyublyana universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 
TURKIYA 

Karamanoglu Mehmetbey universitesi

Karabuk universiteti

            Sakarya universiteti

            Bartin universiteti

            Gaziantep universiteti

            Siirt universiteti

UKRAINA

Kiev qurilish va arxitektura milliy universiteti
XITOY XALQ RESPUBLIKASI 
            Xi’an politexnika universiteti

 

Bulardan tashqari, Xalqaro hamkorlik bo‘limi xalqaro ta’lim va tadqiqot sohasida faoliyat yurituvchi nufuzli tashkilotlar va dasturlar, jumladan, DAAD (German Academic Exchange Service), ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation Programme), MTCP (Malaysian Technical Cooperation Programme) hamda KOICA (Korea International Cooperation Agency) kabi xalqaro ta’lim va malaka oshirish dasturlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu dasturlar orqali universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va izlanuvchilari xorijda qisqa va uzoq muddatli o‘quv kurslari, stajirovkalar va ilmiy izlanishlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Shuningdek, bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, hamda Toshkentdagi Erasmus+ Milliy ofisi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Ular bilan birgalikda xalqaro ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish, hamkorlik loyihalarini muvofiqlashtirish, xorijiy grantlar haqida ma’lumot almashish va xalqaro tajribalarni milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish yo‘nalishida muntazam faoliyat olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Xalqaro hamkorlik bo‘limi mazkur tashkilotlar tomonidan e’lon qilinadigan turli grant, stipendiya va ilmiy dasturlar haqida universitet jamoasiga axborot yetkazish, ariza topshirish jarayonida metodik va amaliy yordam ko‘rsatish, hamda ularning natijadorligini tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.