Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
Xojiyev Ilxom G’ulom o’g’li
Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i
Ilmiy darajasi: Magistr
Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 ga qadar
Telefon: +998 69 228 76 65, +998 94 305 40 01
E-mail: hojiyevilhomjon231@gmail.com
Bizning shior.
“Tilda, fikrda, ishda birlik.”
Bizning qarashimiz
Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, mustaqil Oʻzbekistonning haqiqiy fidoyisi boʻlib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
Bo‘limining asosiy vazifalari
- NamDTUda Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy-tarbiyaviy sohaga oid qonun, farmon, farmoyish, qaror va Davlat dasturlari hamda tegishliligi boʻyicha vazirlik, idoralardan tushirilgan hujjatlarning ijrosini taʼminlash;
- talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mamlakatda qabul qilingan qonun, farmon, qaror, farmoyishlar, vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatidan xabardorligini taʼminlash orqali ulardagi huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish;
- maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy-tarbiya ishlarining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qatʼiy amalga oshirilishini nazorat qilish;
- Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi tarkibiga kiruvchi barcha tizimlarning viloyat boʻlimlari, huquq-tartibot organlari, diniy va siyosiy hamda boshqa tashkilotlar bilan talaba-yoshlar tarbiyasi borasida hamkorlik ishlarini muntazam tashkil etish;
- bugungi kunda davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal etishga qodir, davlatning ichki va tashqi siyosatini toʻgʻri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega boʻlgan irodasi baquvvat, iymon-eʼtiqodi butun va vijdoni uygʻoq mutaxassislarni tayyorlash;
- talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongiga milliy gʻoya va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻqitiladigan barcha fanlarni milliy gʻoya bilan uygʻun boʻlishini taʼminlash, talabalarda siyosiy va ijtimoiy faollikni kuchaytirish ishlarini tizimli asosda yoʻlga qoʻyish;
- NamDTUda maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar tizimida natijadorlik, amaliyot va ijro intizomini yuksaltirish boʻyicha amaliy mexanizmlarni joriy qilib borish;
- NamDTUda talabalar, doktorantlar, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar, texnik xodimlar va turli jamoatchilik tashkilotlari vakillari oʻrtasidagi oʻzaro sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlash;
- “Kelajak soati”, “Maʼnaviyat kuni”ni yuksak saviya va talab darajasida oʻtilishi, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonni nazorat qilish hamda ushbu yoʻnalishdagi tadbirlarga yetuk mutaxassislarni taklif qilish ishlarini tashkil etish;
- talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda ishchi-xodimlar, texnik xodimlar va turli jamoatchilik tashkilotlari vakillari muammolarini oʻrganish, kasaba uyushma qoʻmitasi bilan hamkorlikda ularning manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama faolliklarini tashkil etish;
- talabalar tarbiyasida ota-onalar va mahallalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish;
- murabbiylik tizimi faoliyatiga rahbarlik qilish va mazkur tizimning milliy qadriyatlarimiz asosida rivojlanishiga erishish;
- ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish va ularda professor-oʻqituvchilarning faolliklarini oshirish;
- fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosarlari va tyutorlarning ishini muvofiqlashtirish va faoliyatini nazorat qilish;
- oʻquv binolari, talabalar turar joylari va kafedralarni bugungi kun talablari (Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan namunaviy tartib) asosida tasviriy targʻibot vositalari bilan jihozlanishini nazorat qilish;
- universitetdagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirish va natijadorligini oshirish;
- talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarida universitet rahbariyati bilan kelishgan holda fakultet dekanati va tyutorlar tomonidan yurtimizdagi tarixiy maskanlar, ziyoratgohlar, muzey, kino, teatrga tashriflar, madaniy-maʼrifiy, badiiy kechalar, intellektual oʻyinlar, musobaqalar, tanlovlar uyushtiriladi;
- Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarga ekskursiyalar, Toshkent shahridagi (yoki markazi shaharlardagi) teatrlarga tashriflar uyushtirishda qulaylik yaratish maqsadida markazlashgan holda alohida tur-sayohatlar tashkil etiladi;
- talabalar, professor-oʻqituvchilar hamda xodimlar muammolari oʻrganiladi, kasaba uyushma qoʻmitasi bilan hamkorlikda ularning haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va faolliklarini har tomonlama ragʻbatlantirish tashkil etiladi;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, boquvchisini yoʻqotgan, yetim va chin yetim talabalar roʻyxatini shakllantirib, ularga maʼnaviy-moddiy koʻmak berish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshiriladi;
- ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish va ularda universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarining maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi faolliklarini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
- fakultetlar dekanlarining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosarlari Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor tomonidan bevosita boshqariladi va ularning faoliyati muntazam nazorat qilinadi.
- NamDTU hududi va binolari (tashqi va ichki), talabalar turar joylari maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-tarixiy mazmundagi tasviriy targʻibot vositalari bilan taʼminlashi tahlil qilinadi va ularning mazmunini toʻldirib borish taʼminlanadi.
- fakultetlarda imkoniyat va sharoitlardan kelib chiqqan holda “Maʼnaviyat xonasi” tashkil etilgan taqdirda mazkur xonani tasdiqlangan nizom asosida jihozlanishi taʼminlab boriladi.
- maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi ishlarni tashkil etish, tavsiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻriqnomalar tayyorlab berish, amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganib borish va monitoring qilish hamda tegishli tartibda hisobotlar tayyorlab, taqdim etish ishlari olib boriladi.
Bizning qadriyatlarimiz
O‘zaro mehr-muhabbat, hurmat, milliy-ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash, yoshlar ongi va qalbiga singdirish.
YOSHLAR BILAN ISHLASH, MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT BOʻLIMI HAQIDA
Namangan davlat texnika universiteti Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi universitetda olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga boshchilik qilish, boʻlimga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan koʻrsatmalarni muvofiqlashtirish, boʻlimlar, jamoat ishlarida va kafedralarning maʼnaviy-maʼrifiy tajribalarni umumlashtirish, talabalarning maʼnaviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Boʻlim Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor boshchiligida faoliyat olib boradi. Oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyishda boʻlim fakultet dekanlari, boʻlim boshliqlari, kafedra hamda akademik guruh murabbiylari, tyutorlar bilan birgalikda ish olib boradi. Doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi hamda hududiy Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashlari, huquq-tartibot organlari, diniy, siyosiy va boshqa tashkilotlar bilan talaba-yoshlar tarbiyasi borasida hamkorlik ishlari tashkil etiladi.

