Preloader

TA'LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO‘LIMI 

image-30.jpeg

Soliyev Azizbek Kamoldinovich 

Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i 

Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent 

Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 ga qadar 

Telefon: +998 88 860 56 56 

E-mail: azizbek-0789@umail.uz 

 

Bizning shior.

Hududda va xalqaro miqyosda tan olingan, raqobatbardosh oliy ta’lim muassasasi sifatida shakllanish, hududiy iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotga ilmiy kadrlar tayyorlash orqali faol hissa qo‘shish.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining asosiy vazifalari

  1. Normativ hujjatlar asosida muvofiqlikni tahlil qilish:

    • Davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari va ishchi hujjatlarning o‘zaro mosligini baholash;

    • NamDTUga xos fanlar va ixtisosliklar uchun hududiy sanoat ehtiyojlarini hisobga olib moslashtirish.

  2. Ta’lim jarayonining ta’minlanganligi:

    • O‘quv adabiyotlari, elektron resurslar, laboratoriyalar va zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini monitoring qilish;

    • Raqamli kutubxona va masofaviy ta’lim platformalari samaradorligini baholash.

  3. Bilim baholash va xolislik:

    • Talabalar bilimini baholashda xolislik va shaffoflikni ta’minlash;

    • Nazorat ishlarini tanlanma asosida tashkil etish va ularning natijalarini ta’lim sifatiga ta’siri nuqtai nazaridan tahlil qilish.

  4. Jadvallar va darslar monitoringi:

    • Dekanatlar tuzgan dars jadvallarini optimallashtirish;

    • Davomat va dars jarayonlarining sifatini real vaqt monitoring tizimlari orqali kuzatib borish.

  5. Davlat attestatsiyasi va bitiruvchilar sifati:

    • Yakuniy davlat attestatsiyasi hujjatlarini o‘rganish orqali bitiruvchilar bilim darajasini baholash;

    • Bitiruvchilarning ishga joylashish va ilmiy-pedagogik faoliyatga jalb etilishi holatini tahlil qilish.

  6. Ichki attestatsiya va sifat monitoringi:

    • Ichki attestatsiya jarayonlarini tashkil etish va natijalar asosida universitet rahbariyatiga takliflar tayyorlash;

    • Fakultet va kafedralar darajasida ichki monitoring asosida baholash.

  7. Kadrlar va malaka oshirish:

    • Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasini aniqlash;

    • Ularning dars berayotgan fanlarga mos tayanch ma’lumot va ilmiy darajaga ega ekanligini tahlil qilish;

    • Hududiy va xalqaro malaka oshirish kurslari hamda onlayn sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish.

  8. Moddiy-texnik baza holatini o‘rganish:

    • O‘quv laboratoriyalari, texnologik parklar va ilmiy-tadqiqot markazlari imkoniyatlarini kengaytirish;

    • “Yashil texnologiyalar” (Green Tech) va “Smart Campus” konsepsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

  9. Amaliyot va sanoat bilan integratsiya:

    • Talabalarning amaliyotini mutaxassislikka mos ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etish;

    • Kichik va o‘rta biznes, agroklasterlar va servis sohalari bilan amaliy integratsiyani kuchaytirish.

  10. Ta’lim sifati va ijtimoiy so‘rovlar:

    • Talabalar, ota-onalar, o‘qituvchilar va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish;

    • So‘rovlar asosida yangicha ta’lim yondashuvlari va tashkil etish shakllari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

  11. Xalqaro tajriba va reytinglar:

    • Xalqaro reytinglar (QS, THE, Webometrics) ko‘rsatkichlari asosida universitet holatini tahlil qilish;

    • Chet eldagi sifat nazorati tizimlarini o‘rganish va mos amaliyotlarni joriy qilish.

  12. Innovatsiyalar, trening va seminarlar:

    • Pedagogik innovatsiyalar, AI, STEM, loyiha asosida o‘qitish (PBL), modulli o‘qitish kabi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha treninglar tashkil etish;

    • Ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ularni muntazam faoliyatga jalb etish.

  13. Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi:

    • Ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy aloqalarni kengaytirish, startaplar va inkubatorlarni rivojlantirish;

    • Namangan hududining iqtisodiy ixtisoslashuviga mos kadrlar tayyorlash strategiyalarini ishlab chiqish.

  14. Akkreditatsiyajarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish:

    • Akkreditatsiyadanjarayonlarini tashkil etish va natijalar asosida universitet rahbariyatiga takliflar tayyorlash;

    • Akkreditatsiyadano‘tuvchi ta’lim yo‘nalishi va mutaxasisliklarni ichki monitoring asosida baholash.