TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZI
Abduvaxobov Dilshod Abduvaxidovich
Lavozimi: markaz rahbari
Qabul vaqti: Har kuni 9:00 dan 17:00 ga qadar
Telefon: +998692341485
+998977071825
E-mail: ilmiy@namdtu.uz
d.a.abduvahobov@gmail.com
Bizning shior.
“Intellektual mulk — barqaror rivojlanish asosi”
Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi(TIQQM)ning asosiy vazifalari va funksiyalari
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi (IMM) ning texnikaviy axboroti, patentli va patentsiz ma’lumotlar bazalariga kirish bo‘yicha xizmatlar;
professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, talabalar va boshqa manfaatdor shaxslarning ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va boshqa innovatsion faoliyatiga patent, guvohnomalar olish uchun talabnoma materiallarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar;
topshirilayotgan talabnomalarning sofligini oshirish va sifatini yaxshilash;
ma’lumotlar bazalaridan foydalanib, patent qidiruvchini axborot qidiruviga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respbulikasida patentlarni xalqaro himoyasi bilan huquqiy muhofaza olishga ko‘maklashish;
Tijoratlashtirilgan sanoat namunalari ob’yektlarini ular bo‘yicha litsenziya shartnomalarini tuzishda konsultativ yordam ko‘rsatish;
TIQQM xodimlari tomonidan intellektual mulk sohasida olingan axborot materiallarini tarqatish;
intellektual mulk sohasi mutaxassislarini jalb etgan holda seminar-treninglarni tashkil qilish va ularni o‘tkazishda ishtirok etish;
intellektual mulk sohasidagi qonunchilik bo‘yicha umumiy axborot berish.

