Preloader

Office Address

123/A, Miranda City Likaoli Prikano, Dope

Phone Number

+0989 7876 9865 9
+(090) 8765 86543 85

Email Address

info@example.com
example.mail@hum.com

 

2025-03-04 23.42.05

Yashil Universitet 

Namangan Davlat Texnika Universitetining Ekologik Strategiyasi va Missiyasi 

Toshkent Davlat Transport Universiteti atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ishlarga alohida e’tibor qaratadi. Universitetning asosiy maqsadi talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni atrof-muhitni asrashga yo‘naltirish va ekologik ongni rivojlantirishdir. Shu maqsadda turli ekologik tadbirlar tashkil etilib, talaba va xodimlarning ularda faol ishtirok etishi ta’minlanadi. 

 Universitet hududida yashil muhitni saqlash, atrof-muhit tozaligini ta’minlash va chiqindilarni tartibli boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Talabalarning ekologik ongini shakllantirish uchun turli seminarlar, suhbatlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilinadi. Yashil hududlarni kengaytirish, daraxt ekish, toza hududlarni saqlab qolish bo‘yicha tashabbuslar ilgari suriladi. Barcha talaba va xodimlar ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha umumiy maqsad sari harakat qilishga undaladi.  

Universitet hududida suv va elektr energiyasidan samarali foydalanish, ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish va ekologik xavfsizlik qoidalariga amal qilish targ‘ib qilinadi. Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan umumiy tadbirlar o‘tkazilib, ularga talabalar faol jalb qilinadi. Universitetda ekologik muhitni yaxshilashga yo‘naltirilgan tashabbuslar davomiy bo‘lib, bu borada talabalarning bevosita ishtirokini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ekologik ongli va mas’uliyatli yosh avlodni shakllantirish universitetning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.